Qayta sug‘urta tizimi o‘zgarmoqda — yangi qaror

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishStraxovoy polis
Straxovoy polis - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2025
Obuna bo‘lish
Milliy qayta sug‘urta bozori hajmi 4 trln so‘mga yetkaziladi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. “O‘zbekiston qayta sug‘urta kompaniyasi” milliy qayta sug‘urta tashkiloti tashkil etiladi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan tegishli qarorda nazarda tutilgan.
Hujjat respublikada qayta sug‘urta tizimini yanada takomillashtirishni nazarda tutadi. Unda qayta sug‘urta tizimini 2025-yilda yanada takomillashtirishning asosiy maqsadlari belgilangan.
Asosiy maqsadlar:
milliy qayta sug‘urta bozori hajmini 4 trln so‘mga yetkazish;
qayta sug‘urta xizmatlari eksportini kamida 30 foizga oshirish;
xalqaro hamkorlikni kengaytirish va qayta sug‘urta sohasiga jalb qilinadigan investitsiyalar hajmini 150,0 mlrd so‘mgacha oshirish.
Hujjat bilan “O‘zbekiston qayta sug‘urta kompaniyasi” milliy qayta sug‘urta tashkiloti tashkil etildi.
“Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining "O'zbekiston qayta sug'urta kompaniyasi" milliy qayta sug‘urta tashkilotini tashkil etish taklifiga rozilik berilsin”, — deyiladi xabarda.
Tashkilot faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq barcha qayta sug‘urta qilish turlarini amalga oshirish;
xorijiy va mahalliy investorlarning respublika iqtisodiyotiga kiritadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va portfel investitsiyalarining hamda investitsiya loyihalari bo‘yicha tavakkalchiliklarning kompleks qayta sug‘urta himoyasini ta’minlash;
xorijiy mamlakatlarning sug‘urta va qayta sug‘urta kompaniyalari bilan qayta sug‘urta masalalarida hamkorlik qilish va qayta sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish.
Qayta sug‘urta qilish — sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash xavfi uning tomonidan to‘liq yoki qisman boshqa sug‘urtalovchida u bilan tuzilgan qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanishi.
Orositelnaya sistema poley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2025
Endi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sug‘urta qilinadi
Yangiliklar lentasi
0