https://oz.sputniknews.uz/20250416/qishloq-xojalik-mahsulot-sugurta-48903073.html
Endi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sug‘urta qilinadi
Endi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sug‘urta qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilishga qaratilgan qonun qabul qilindi. 16.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-16T15:40+0500
2025-04-16T15:40+0500
2025-04-16T15:40+0500
jamiyat
o‘zbekiston
sug‘urta
qishloq xo‘jaligi vazirligi
qishloq xo‘jaligi
yangi qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/09/45546103_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_0141bb24d78d3a99eed7c6cc029d80f8.jpg
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish tartibga solinadi. Bu haqda 14-aprel kuni qabul qilingan tegishli qonunda nazarda tutilgan. “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Hujjat qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchilar qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarishda quyidagi bir yoki bir necha tavakkalchiliklar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi shartnomalarini tuzadi: Qishloq xo‘jaligi vazirligi ushbu sohada muvofiqlashtiruvchi davlat organidir. Hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligi sug‘urtalovchisi sifatida Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20250104/qishloq-xojaligi-mahsulotlarini-etishtirish-tizimi-47431010.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/09/45546103_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_861fea7c26da39b6440fdd62c8acd572.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, sug‘urta, qishloq xo‘jaligi vazirligi, qishloq xo‘jaligi, yangi qonun
jamiyat, o‘zbekiston, sug‘urta, qishloq xo‘jaligi vazirligi, qishloq xo‘jaligi, yangi qonun
Endi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sug‘urta qilinadi
Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilishga qaratilgan qonun qabul qilindi.
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish tartibga solinadi. Bu haqda 14-aprel kuni qabul qilingan tegishli qonunda
nazarda tutilgan. “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Hujjat qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchilar qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarishda quyidagi bir yoki bir necha tavakkalchiliklar bo‘yicha qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi shartnomalarini tuzadi:
tabiiy va texnogen ofatlar;
o‘simliklarning zararkunandalar va kasalliklardan zararlanishi;
qishloq xo‘jaligi hayvonlarining yuqumli kasalliklari tarqalishi va zaharlanishi;
yovvoyi hayvonlar tomonidan ekinlarning payhon qilinishi yoki qishloq xo‘jaligi hayvonlariga zarar yetkazilishi;
uchinchi shaxslarning xatti-harakatlari.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi ushbu sohada muvofiqlashtiruvchi davlat organidir.
“Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sug‘urta mukofotlarining bir qismini hamda yetkazilgan zararning sug‘urta mukofotlari va qayta sug‘urta qilish mablag‘lari hisobidan kompensatsiya qilinmagan qismini qoplash uchun budjet subsidiyalari ajratish orqali amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.
Hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligi sug‘urtalovchisi sifatida Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.