https://oz.sputniknews.uz/20250526/ozbekiston-tojikiston-qishloq-xojaligi-tajriba-49539901.html
O‘zbekiston va Tojikiston qishloq xo‘jaligi sohasida tajriba almashishni kuchaytirmoqchi
O‘zbekiston va Tojikiston qishloq xo‘jaligi sohasida tajriba almashishni kuchaytirmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Tomonlar agrar soha tarmog‘ini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida amalga oshiriladigan loyihalarni muhokama qilishdi. 26.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-26T11:15+0500
2025-05-26T11:15+0500
2025-05-26T12:00+0500
jamiyat
o‘zbekiston
tojikiston
qishloq xo‘jaligi vazirligi
qishloq xo‘jaligi
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/914/27/9142750_76:209:1124:798_1920x0_80_0_0_ac34c1f51cb247a3af6bc4d6822dced1.jpg
TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston qishloq xo‘jaligi vazirliklari yangi kelishuvlarga erishdi, deya xabar berdi vazirlik matbuot xizmati. Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Tojikiston qishloq xo‘jaligi vaziri Qurbon Hakimzoda vaTojikiston bosh vaziri o‘rinbosari Sulaymon Ziyozoda Rizoi bilan uchrashdi. Tomonlar agrar soha tarmog‘ini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida amalga oshiriladigan loyihalarni muhokama qilishdi. Abdurahmonov o‘z so‘zida hali ishga solinmagan ilg‘or texnologiyalarni g‘allachilik va bog‘dorchilik yo‘nalishlarida tatbiq etish, tajriba almashgan holda mahsulot yetishtirish hamda eksport-import salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha takliflarini ilgari surdi. Tomonlar quyidagi qo‘shma dasturlarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishishdi: Uchrashuv So‘g‘d viloyatidagi “Bog‘i milliy vahdat”da bo‘lib o‘tdi. Ushbu “Milliy birlik bog‘i”ning 70 gektarlik qismida qo‘shma ilmiy-amaliy tajriba almashinuvi maydoni sifatida “Do‘stlik bog‘lari” barpo etilgan. Bu yerda ikki mamlakat mutaxassislari birgalikda tajriba almashib, zamonaviy agrotexnik uslublar asosida qator ekin turlarini yetishtirmoqda. Bog‘ning 9,5 gektar maydonida o‘zbekistonlik fermerlar tomonidan shaftolining “Floriya” navi muvaffaqiyatli parvarish qilinmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20250216/dushanbe-ozbekiston-tojikiston-dostlik-bog-47980917.html
o‘zbekiston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/914/27/9142750_319:199:1053:750_1920x0_80_0_0_3cc5d3a2e31644c9bc125b79d37dd3b5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, tojikiston, qishloq xo‘jaligi vazirligi, qishloq xo‘jaligi, hamkorlik
jamiyat, o‘zbekiston, tojikiston, qishloq xo‘jaligi vazirligi, qishloq xo‘jaligi, hamkorlik
O‘zbekiston va Tojikiston qishloq xo‘jaligi sohasida tajriba almashishni kuchaytirmoqchi
11:15 26.05.2025 (yangilandi: 12:00 26.05.2025) Tomonlar agrar soha tarmog‘ini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida amalga oshiriladigan loyihalarni muhokama qilishdi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekiston va Tojikiston qishloq xo‘jaligi vazirliklari yangi kelishuvlarga erishdi, deya xabar berdi vazirlik
matbuot xizmati. Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Tojikiston qishloq xo‘jaligi vaziri Qurbon Hakimzoda vaTojikiston bosh vaziri o‘rinbosari Sulaymon Ziyozoda Rizoi bilan uchrashdi.
Tomonlar agrar soha tarmog‘ini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida amalga oshiriladigan loyihalarni muhokama qilishdi.
Abdurahmonov o‘z so‘zida hali ishga solinmagan ilg‘or texnologiyalarni g‘allachilik va bog‘dorchilik yo‘nalishlarida tatbiq etish, tajriba almashgan holda mahsulot yetishtirish hamda eksport-import salohiyatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha takliflarini ilgari surdi.
Tomonlar quyidagi qo‘shma dasturlarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishishdi:
ikki davlat agrar tarmog‘ining ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirish;
hududlarda hamkorlik asosidagi yangi loyihalarni amalga oshirish;
g‘allachilik, bog‘dorchilik va uzumchilik sohalarida tajriba almashinuvini kuchaytirish;
mutaxassislar malakasini oshirishga qaratilgan qo‘shma dasturlarni ishlab chiqish.
Uchrashuv So‘g‘d viloyatidagi “Bog‘i milliy vahdat”da bo‘lib o‘tdi. Ushbu “Milliy birlik bog‘i”ning 70 gektarlik qismida qo‘shma ilmiy-amaliy tajriba almashinuvi maydoni sifatida “Do‘stlik bog‘lari” barpo etilgan.
Bu yerda ikki mamlakat mutaxassislari birgalikda tajriba almashib, zamonaviy agrotexnik uslublar asosida qator ekin turlarini yetishtirmoqda. Bog‘ning 9,5 gektar maydonida o‘zbekistonlik fermerlar tomonidan shaftolining “Floriya” navi muvaffaqiyatli parvarish qilinmoqda.