O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasida hujjatlar to‘plami imzolandi
09:45 23.05.2025 (yangilandi: 10:27 23.05.2025)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev i Premyer-ministr Respubliki Sloveniya Robert Golob podpisali Sovmestnoe zayavlenie

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston-Sloveniya muzokaralaridan so‘ng salmoqli hujjatlar to‘plami imzolandi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Lyublyana shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Sloveniya bosh vaziri Robert Golob qo‘shma bayonot imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev i Premyer-ministr Respubliki Sloveniya Robert Golob podpisali Sovmestnoe zayavlenie

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev i Premyer-ministr Respubliki Sloveniya Robert Golob podpisali Sovmestnoe zayavlenie
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Ular huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bular:
diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qilish to‘g‘risida;
ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida;
transport va logistika sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
"aqlli" shaharlarni boshqarish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
standartlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
suv resurslarini boshqarish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitimlar.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev i Premyer-ministr Respubliki Sloveniya Robert Golob podpisali Sovmestnoe zayavlenie

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev i Premyer-ministr Respubliki Sloveniya Robert Golob podpisali Sovmestnoe zayavlenie
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev Lyublyana shahriga tashrif doirasida Sloveniya prezidenti Natasha Pirs Musar bilan birgalikda qo‘shma biznes forumida ishtirok etdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev i Prezident Respubliki Sloveniya Natasha Pirs Musar prinyali uchastie v sovmestnom biznes-forume

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev i Prezident Respubliki Sloveniya Natasha Pirs Musar prinyali uchastie v sovmestnom biznes-forume
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Tadbirda ikki mamlakatning 100 tadan ortiq yetakchi sanoat va savdo korxonalari rahbarlari va vakillari qatnashdi.
Mirziyoyev o‘z nutqida oliy darajadagi samarali muzokaralar O‘zbekiston-Sloveniya munosabatlarida, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda yangi sahifa ochganini ta’kidladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev i Prezident Respubliki Sloveniya Natasha Pirs Musar prinyali uchastie v sovmestnom biznes-forume

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev i Prezident Respubliki Sloveniya Natasha Pirs Musar prinyali uchastie v sovmestnom biznes-forume
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Jahon iqtisodiyotidagi hozirgi murakkab davrda o‘zaro savdoni ko‘paytirish, kooperatsiya ko‘lamini kengaytirish va milliy iqtisodiyotlarni diversifikatsiya qilish uchun mavjud imkoniyatlardan foydalanish muhim ekani qayd etildi.
O‘zaro tovar yetkazib berish nomenklaturasi va hajmini, shu jumladan to‘qimachilik va meva-sabzavot mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar, mis, farmatsevtika mahsulotlari, texnologik uskunalar va yuqori qo‘shilgan qiymatli boshqa tovarlar hisobidan ko‘paytirish orqali yaqin yillarda o‘zaro savdo hajmini 500 million yevroga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev i Prezident Respubliki Sloveniya Natasha Pirs Musar prinyali uchastie v sovmestnom biznes-forume

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev i Prezident Respubliki Sloveniya Natasha Pirs Musar prinyali uchastie v sovmestnom biznes-forume
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
O‘zbekiston prezidenti iqtisodiy sheriklikni yanada rivojlantirishning muhim yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi. Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, elektrotexnika jihozlari, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, meva-sabzavotlarni saqlash va qayta ishlash, "yashil" energetika obyektlarini qurish va modernizatsiya qilish shular jumlasidan.
Transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni, shu jumladan, Sloveniyaning "Koper" porti imkoniyatlaridan foydalanish va ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish orqali rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Yakunda prezidentlar huzurida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy bitimlarni almashish marosimi bo‘ldi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaProgramma ofitsialnogo vizita Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva v Respubliku Sloveniya zavershilas

Programma ofitsialnogo vizita Prezidenta Respubliki Uzbekistan Shavkata Mirziyoyeva v Respubliku Sloveniya zavershilas
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyevning Sloveniyaga rasmiy tashrifi yakuniga yetdi. Lyublyana xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni ichki ishlar vaziri Boshtan Poklukar va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.