Sloveniyada Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi
Sloveniyada Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi
Sputnik O‘zbekiston
Lyublyanadagi Kongress maydonida Sloveniyaga rasmiy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Lyublyanadagi Kongress maydonida Sloveniyaga rasmiy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati. O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni Sloveniya prezidenti Natasha Pirs Musar kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saflandi. Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolari bilan salomlashishdi. Rasmiy marosimdan so‘ng "Zvezda" bog‘ida urush qurbonlari xotirasiga hurmat hamda tinchlik va insonparvarlik g‘oyalariga sadoqat ramzi sifatida Barcha urushlar qurbonlari yodgorligiga gul qo‘yildi.Tashrif dasturiga muvofiq, prezidentlar o‘rtasida muzokaralar, mamlakat parlamenti va hukumati rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. Prezident qo‘shma biznes forumida ishtirok etadi. O‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy sheriklikni rivojlantirish, sanoat, farmatsevtika, elektrotexnika, "yashil" energetika, qishloq xo‘jaligi sohalarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, mehnat migratsiyasi bo‘yicha hamkorlik va gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolari bilan salomlashishdi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. Lyublyanadagi Kongress maydonida Sloveniyaga rasmiy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni Sloveniya prezidenti Natasha Pirs Musar kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saflandi. Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi.
Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolari bilan salomlashishdi. Rasmiy marosimdan so‘ng "Zvezda" bog‘ida urush qurbonlari xotirasiga hurmat hamda tinchlik va insonparvarlik g‘oyalariga sadoqat ramzi sifatida Barcha urushlar qurbonlari yodgorligiga gul qo‘yildi.
Tashrif dasturiga muvofiq, prezidentlar o‘rtasida muzokaralar, mamlakat parlamenti va hukumati rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. Prezident qo‘shma biznes forumida ishtirok etadi.
O‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy sheriklikni rivojlantirish, sanoat, farmatsevtika, elektrotexnika, "yashil" energetika, qishloq xo‘jaligi sohalarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, mehnat migratsiyasi bo‘yicha hamkorlik va gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.