https://oz.sputniknews.uz/20250523/ozbekiston-malayziya-raqamli-texnologiyalar-49508806.html
O‘zbekiston va Malayziya raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlikni kengaytiradi
O‘zbekiston va Malayziya raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlikni kengaytiradi
Sputnik O‘zbekiston
Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekistonda biznes yuritish muhiti, jumladan IT va raqamli texnologiyalar uchun yaratilgan qulay imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Sirdaryo viloyatini Malayziya raqamli texnologiyalar kompaniyalari uchun xab sifatida rivojlantirilayotgani ta’kidlandi va navbatdagi forumni aynan ushbu viloyatda o‘tkazish tashabbusi ilgari surildi.
2025-05-23T11:12+0500
2025-05-23T11:12+0500
2025-05-23T11:37+0500
o‘zbekiston
malayziya
raqamli texnologiyalar
axborot texnologiyalari (it)
hamkorlik
forum
sirdaryo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/02/48709662_0:63:1200:738_1920x0_80_0_0_3277c5a5f4e432017e7a3a4ea447f6a5.jpg
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Kuala-Lumpur shahrida O‘zbekiston-Malayziya IT va raqamli texnologiyalar forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.Tadbirda Malayziyaning 120 tadan ortiq raqamli texnologiyalar sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalari vakillari ishtirok etdi."IT Park Uzbekistan" bosh direktori o‘rinbosari Jamila Xalibayeva IT Park va uning respublika hududlaridagi filiallarida yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish va o‘zaro hamkorlik takliflarini bildirdi.Forum davomida, shuningdek, "IT Park Uzbekistan"ning Osiyo bo‘limi boshlig‘i Izzat Hamidov O‘zbekistonda IT park ishtirokchilariga taqdim etiladigan imtiyoz va qulayliklar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdi.Taqdimotdan so‘ng B2B formatida uchrashuvlar o‘tkazildi. Ularda O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi, "IT Park Uzbekistan", "IT Park Sirdaryo" vakillari hamda Malayziyaning IT va BiPiO kompaniyalari o‘rtasida aloqalar o‘rnatish hamda raqamli texnologiyalar sohasida manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.Malayziya Milliy texnologiyalar uyushmasi bosh direktori Ong Kian Yu "IT Park Uzbekistan"ning xorijiy investorlar uchun yaratayotgan qulayliklarini yuqori baholadi. Shuningdek, mazkur uyushmaga a’zo bo‘lgan kompaniyalar xizmatlarini O‘zbekistonga keng jalb etish istiqbollari muhokama qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20250205/toshkent-viloyat-malayziya-boshqaruv-maxsus-iqtisod-zona-47858994.html
o‘zbekiston
malayziya
sirdaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/02/48709662_67:0:1134:800_1920x0_80_0_0_f18f27de8ab7a56e75dbff40c558bc12.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston malayziya raqamli texnologiyalar
o‘zbekiston malayziya raqamli texnologiyalar
O‘zbekiston va Malayziya raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlikni kengaytiradi
11:12 23.05.2025 (yangilandi: 11:37 23.05.2025) Navbatdagi forumni Sirdaryo viloyatida o‘tkazish tashabbusi ilgari surildi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Kuala-Lumpur shahrida O‘zbekiston-Malayziya IT va raqamli texnologiyalar forumi bo‘lib o‘tdi, deb
xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Tadbirda Malayziyaning 120 tadan ortiq raqamli texnologiyalar sohasida faoliyat yuritayotgan kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
Forumni O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev ochib berdi. Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekistonda biznes yuritish muhiti, jumladan IT va raqamli texnologiyalar uchun yaratilgan qulay imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Sirdaryo viloyatini Malayziya raqamli texnologiyalar kompaniyalari uchun xab sifatida rivojlantirilayotgani ta’kidlandi va navbatdagi forumni aynan ushbu viloyatda o‘tkazish tashabbusi ilgari surildi.
"IT Park Uzbekistan" bosh direktori o‘rinbosari Jamila Xalibayeva IT Park va uning respublika hududlaridagi filiallarida yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish va o‘zaro hamkorlik takliflarini bildirdi.
Forum davomida, shuningdek, "IT Park Uzbekistan"ning Osiyo bo‘limi boshlig‘i Izzat Hamidov O‘zbekistonda IT park ishtirokchilariga taqdim etiladigan imtiyoz va qulayliklar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazdi.
"IT Park Uzbekistan"ning Malayziyadagi elchisi Metyu Barsing o‘zining O‘zbekistonga qilgan safari taassurotlarini bo‘lishib, xorijliklarni respublikaning raqamli texnologiyalar sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga undaydigan qator omillarni sanab o‘tdi.
Taqdimotdan so‘ng B2B formatida uchrashuvlar o‘tkazildi. Ularda O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi, "IT Park Uzbekistan", "IT Park Sirdaryo" vakillari hamda Malayziyaning IT va BiPiO kompaniyalari o‘rtasida aloqalar o‘rnatish hamda raqamli texnologiyalar sohasida manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
Malayziya Milliy texnologiyalar uyushmasi bosh direktori Ong Kian Yu "IT Park Uzbekistan"ning xorijiy investorlar uchun yaratayotgan qulayliklarini yuqori baholadi. Shuningdek, mazkur uyushmaga a’zo bo‘lgan kompaniyalar xizmatlarini O‘zbekistonga keng jalb etish istiqbollari muhokama qilindi.