Toshkent viloyatida Malayziya kompaniyasi boshqaruvida maxsus iqtisodiy zona ochiladi
18:08 05.02.2025 (yangilandi: 18:12 05.02.2025)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident vistupil za razvitie polnomasshtabnogo uzbeksko-malaziyskogo delovogo partnerstva

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev Malayziyaning yetakchi kompaniya va banklarini O‘zbekistonda qator sohalardagi davlat aktivlarini xususiylashtirishda faol ishtirok etishga taklif etdi.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Toshkent viloyatida Malayziya kompaniyasi boshqaruvida maxsus iqtisodiy zona tashkil etiladi. Bu haqda prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim ishtirokida o‘tgan qo‘shma biznes forumi davomida ma’lum qilindi, deb yozmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
Tadbirda ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari, investitsiya va bank-moliya institutlarining 200 dan ziyod rahbarlari va boshqa ko‘plab kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident vistupil za razvitie polnomasshtabnogo uzbeksko-malaziyskogo delovogo partnerstva

Prezident vistupil za razvitie polnomasshtabnogo uzbeksko-malaziyskogo delovogo partnerstva
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Biznes-forumda so‘zga chiqqan O‘zbekiston yetakchisi “maqsadimiz - munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqish”, deb aytdi.
Prezident O‘zbekiston-Malayziya ishbilarmonlik hamkorligini yanada rivojlantirishning qator ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi;
Elektronika va yarimo‘tkazgichlar sanoatida uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirishdir. Sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, ma’lumot markazlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish mumkinligi qayd etildi.
Gaz-kimyo va kimyo sanoati muhim yo‘nalish hisoblanadi. Polimerlar, "yashil" vodorod va ammiak ishlab chiqarish bo‘yicha strategik loyihalarni tayyorlash ustida ish olib borilmoqda.
Qurilish sohasining jadal rivojlanishi innovatsion va ekologik toza qurilish materiallariga talabni oshirmoqda.
“O‘zbekiston prezidenti Malayziya kompaniyalarini mamlakat hududlarida zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish va keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlarida faol ishtirok etishga chaqirdi”, — deyiladi xabarda.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari qayd etildi: zamonaviy klinikalar qurish, Malayziyaning ilg‘or tajribasi asosida innovatsion farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident vistupil za razvitie polnomasshtabnogo uzbeksko-malaziyskogo delovogo partnerstva

Prezident vistupil za razvitie polnomasshtabnogo uzbeksko-malaziyskogo delovogo partnerstva
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda katta imkoniyatlar borligi ko‘rsatib o‘tildi. Shu nuqtayi nazardan, "aqlli" qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini joriy etish, organik mahsulotlar ishlab chiqarish va "halol" standartlarini qo‘llash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdorlik bildirildi.
Mirziyoyev Malayziyaning yetakchi kompaniya va banklarini O‘zbekistonning telekommunikatsiya, energetika, bank-moliya va boshqa sohalardagi davlat aktivlarini xususiylashtirishda faol ishtirok etishga taklif etdi.
Bundan tashqari, geologiya, ta’lim, transport, ziyorat turizmi kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish uchun katta salohiyat mavjudligi ta’kidlandi.
“O‘zbekiston yetakchisi malayziyalik ishbilarmonlarning qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qiziqishi katta ekanini, ular texnologiyalar va bilimlar bilan o‘rtoqlashishga tayyorligini mamnuniyat bilan qayd etdi. Shu munosabat bilan Toshkent viloyatida Malayziya kompaniyasi boshqaruvida maxsus iqtisodiy zona tashkil etilishi ma’lum qilindi”, — deyilgan xabarda.
Shuningdek, Mirziyoyev navbatdagi qo‘shma biznes forumini shu yil kuzda O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif etdi.