https://oz.sputniknews.uz/20250522/yoshlar-orolboyi-ekologik-muammo-49486650.html
Yoshlar Orolbo‘yi mintaqasida ekologik muammolarni o‘rganishga jalb etiladi
Yoshlar Orolbo‘yi mintaqasida ekologik muammolarni o‘rganishga jalb etiladi
Sputnik O‘zbekiston
“Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi o‘tkaziladi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.
2025-05-22T10:01+0500
2025-05-22T10:01+0500
2025-05-22T10:36+0500
jamiyat
o‘zbekiston
orol dengizi
yoshlar
ekologiya
turizm
turizm qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/16/49485611_2:0:999:561_1920x0_80_0_0_ebf577cedaba3c0619e2c6157beafb06.jpg
TOShKENT, 22-may — Sputnik. “Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi o‘tkaziladi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati. Aksiyadan maqsad Orolbo‘yi mintaqasida ekologik muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yo‘lida yoshlarning faolligini oshirishdan iborat. Tadbir davomida yoshlar ekologik seminarlar, ijtimoiy loyihalar taqdimoti, ko‘chat ekish, ekologik tozalash ishlari kabi faoliyatlarda ishtirok etishadi. Shuningdek, ular mahalliy aholining hayoti, qadimiy tarixiy yodgorliklar bilan tanishish imkoniyatiga ham ega bo‘lishdai.
https://oz.sputniknews.uz/20250510/bmt-ozbekiston-global-ormonlar-49296382.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/16/49485611_126:0:874:561_1920x0_80_0_0_9c254fc15945e52fd549b0357dfb34df.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi turizm qo‘mitasi
“orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi turizm qo‘mitasi
Yoshlar Orolbo‘yi mintaqasida ekologik muammolarni o‘rganishga jalb etiladi
10:01 22.05.2025 (yangilandi: 10:36 22.05.2025) Turizm qo‘mitasi tomonidan “Orol dengiziga poyezd” yoshlar aksiyasi o‘tkaziladi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. “Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi o‘tkaziladi, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi
matbuot xizmati. “28-31 may kunlari Turizm qo‘mitasi tomonidan har yili o‘tkaziladigan “Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi tashkil qilinmoqda”, — deyiladi xabarda.
Aksiyadan maqsad Orolbo‘yi mintaqasida ekologik muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yo‘lida yoshlarning faolligini oshirishdan iborat.
“Aksiya doirasida mamlakatning turli hududlaridan kelgan iqtidorli, faol va ekologik ongli yoshlar Orolbo‘yi hududiga sayohat qilib, bu yerda yuzaga kelgan ekologik falokat oqibatlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishadi va bu orqali ekologik muammolarga befarq bo‘lmaslikka chaqiriladi”, — deya aniqlik kiritilgan xabarda.
Tadbir davomida yoshlar ekologik seminarlar, ijtimoiy loyihalar taqdimoti, ko‘chat ekish, ekologik tozalash ishlari kabi faoliyatlarda ishtirok etishadi. Shuningdek, ular mahalliy aholining hayoti, qadimiy tarixiy yodgorliklar bilan tanishish imkoniyatiga ham ega bo‘lishdai.