BMTda O‘zbekistonning global o‘rmonlarni qayta tiklash bo‘yicha tashabbusi taqdim etildi

© Ministerstva ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Respubliki UzbekistanUzbekistan predstavil v OON initsiativu po globalnomu lesovosstanovleniyu i ustoychivomu upravleniyu lesami
Uzbekistan predstavil v OON initsiativu po globalnomu lesovosstanovleniyu i ustoychivomu upravleniyu lesami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2025
Obuna bo‘lish
Aziz Abduhakimov kelajakdagi O‘rmonlarni tiklash o‘n yilligi qat’iy harakatlar davri bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. BMTda O‘zbekistonning global o‘rmonlarni qayta tiklash va barqaror o‘rmon boshqaruvini joriy etish bo‘yicha tashabbusi taqdim etildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
6 may kuni Nyu-York shahrida (AQSh) BMTning O‘rmonlar bo‘yicha forumi 20-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Uning doirasida O‘zbekiston Kongo bilan birgalikda "BMTning o‘rmonlarni tiklash va rivojlantirish bo‘yicha o‘n yilligi kontekstida o‘rmonlarni barqaror boshqarish tamoyillariga mos keladigan global o‘rmon maqsadlariga erishish" mavzusida yordamchi tadbir tashkil qildi.
Tadbir o‘rmonlarni barqaror boshqarish doirasida amalga oshirilayotgan aniq natijalar va tashabbuslarni taqdim etish uchun muhim maydonga aylandi. Konferensiyada BMTga a’zo 120 dan ortiq tashkilot va mamlakat vakillari ishtirok etdi.
© Ministerstva ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Respubliki UzbekistanUzbekistan predstavil v OON initsiativu po globalnomu lesovosstanovleniyu i ustoychivomu upravleniyu lesami
Uzbekistan predstavil v OON initsiativu po globalnomu lesovosstanovleniyu i ustoychivomu upravleniyu lesami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2025
Uzbekistan predstavil v OON initsiativu po globalnomu lesovosstanovleniyu i ustoychivomu upravleniyu lesami
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov o‘z chiqishida O‘zbekiston tashabbusi bilan BMTga a’zo 102 davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan barqaror o‘rmon boshqaruvi bo‘yicha rezolyutsiya global o‘rmonlarni tiklashga qaratilgan tarixiy qadam ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, vazir mamlakatda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida har yili 200 million tupdan ortiq daraxt ekilayotgani, bu esa o‘rmon qoplamini 12 foizga oshirishga imkon berganini aytib o‘tdi. Shuningdek, Orol dengizi qurigan tubida dunyodagi eng yirik o‘rmonlashtirish loyihasi amalga oshirilgani, bu hududda 2 million gektar maydonda qurg‘oqchil iqlim sharoitiga mos daraxtlar ekilganini ta’kidladi.
“Biz allaqachon natijalarni ko‘rapmiz: chang bo‘ronlari 35 foizga kamaymoqda, 25 mingta “yashil” ish o‘rinlari yaratilmoqda va CO₂ chiqindilari sezilarli darajada kamaymoqda”, - dedi Abduhakimov.
Kongo O‘rmon xo‘jaligi vaziri Rozali Matondo O‘zbekistonning do‘stona hamkorligi uchun minnatdorlik bildirib, ikki davlatning o‘rmonlashtirish va o‘rmonlarni tiklash bo‘yicha BMTda e’lon qilgan o‘n yillik tashabbusi butun dunyo uchun namuna bo‘lishiga ishonch bildirdi.
“O‘rmonlarsiz iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashib bo‘lmaydi. Biz O‘zbekiston bilan birgalikda butun dunyoga o‘rmonlar tiklash bo‘yicha rezolyutsiya taklif etdik, bu bizning xalqimiz, jamiyatimiz va sayyoramiz uchun imkoniyat yaratadi. Endi esa amaliy harakatlarga o‘tish vaqti keldi”, - dedi vazir.
© Ministerstva ekologii, oxrani okrujayushey sredi i izmeneniya klimata Respubliki UzbekistanUzbekistan predstavil v OON initsiativu po globalnomu lesovosstanovleniyu i ustoychivomu upravleniyu lesami
Uzbekistan predstavil v OON initsiativu po globalnomu lesovosstanovleniyu i ustoychivomu upravleniyu lesami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2025
Uzbekistan predstavil v OON initsiativu po globalnomu lesovosstanovleniyu i ustoychivomu upravleniyu lesami
BMT Bosh kotibi yordamchisi Ivana Jivkovich O‘zbekistonning tashabbusini yuqori baholab, mamlakatning barqaror o‘rmonlarni tiklashdagi hissasini, jumladan, BMT Taraqqiyot Dasturi bilan amalga oshirilayotgan hamkorlikdagi loyihalarni e’tirof etdi.
BMT o‘rmonlarni tiklash va yashil qoplamalarni saqlash sohasidagi hamkorlikdagi loyihalarni yanada kengaytirish niyatini bildirdi.
Tadbir yakunida Aziz Abduhakimov kelajakdagi O‘rmonlarni tiklash o‘n yilligi (2027–2036 yillar) qat’iy harakatlar davri bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
“O‘zbekiston Orol dengizidan xalqaro platformalargacha degradatsiyaga uchragan yerlarni hayotga qaytarish mumkinligini isbotladi. Biz o‘z tajribamizni baham ko‘rishga va xalqaro hamkorlar bilan birgalikda olg‘a intilishga tayyormiz”, - dedi u.
Flag OON - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2025
BMT O‘zbekiston tashabbusidagi o‘rmonzorlashtirishga oid hujjatni qabul qildi — tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0