https://oz.sputniknews.uz/20250522/shavkat-mirziyoyev-sloveniya-prezident-muzokara-49486327.html
O‘zbekiston yetakchisi Sloveniya prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazadi
O‘zbekiston yetakchisi Sloveniya prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazadi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Natasha Pirs Musarning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Lyublyanada bo‘lib turibdi. 22.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-22T09:17+0500
2025-05-22T09:17+0500
2025-05-22T10:37+0500
siyosat
o‘zbekiston
sloveniya
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/16/49485828_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_d10c3fbfc7fb6ac0e3df24ade25b121a.jpg
TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev Sloveniya prezidenti Natasha Pirs Musar bilan muzokaralar o‘tkazadi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.Shavkat Mirziyoyev Natasha Pirs Musarning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Lyublyanaga keldi.Samolyot oldida davlat rahbarini bosh vazir o‘rinbosari - tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Yoje Puchnik nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.Tashrif dasturiga muvofiq, prezidentlar o‘rtasida muzokaralar, mamlakat parlamenti va hukumati rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. Prezident qo‘shma biznes forumida ishtirok etadi.O‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy sheriklikni rivojlantirish, sanoat, farmatsevtika, elektrotexnika, "yashil" energetika, qishloq xo‘jaligi sohalarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, mehnat migratsiyasi bo‘yicha hamkorlik va gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
o‘zbekiston
sloveniya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/16/49485828_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_a253f784ce29f0a1bf6d300511fcf4c6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, sloveniya, shavkat mirziyoyev
siyosat, o‘zbekiston, sloveniya, shavkat mirziyoyev
O‘zbekiston yetakchisi Sloveniya prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazadi
09:17 22.05.2025 (yangilandi: 10:37 22.05.2025) Shavkat Mirziyoyev Natasha Pirs Musarning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Lyublyanada bo‘lib turibdi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyev Sloveniya prezidenti Natasha Pirs Musar bilan muzokaralar o‘tkazadi, deya xabar berdi prezident
matbuot xizmati. Shavkat Mirziyoyev Natasha Pirs Musarning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Lyublyanaga keldi.
Samolyot oldida davlat rahbarini bosh vazir o‘rinbosari - tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi. Yoje Puchnik nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, prezidentlar o‘rtasida muzokaralar, mamlakat parlamenti va hukumati rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi. Prezident qo‘shma biznes forumida ishtirok etadi.
O‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy sheriklikni rivojlantirish, sanoat, farmatsevtika, elektrotexnika, "yashil" energetika, qishloq xo‘jaligi sohalarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, mehnat migratsiyasi bo‘yicha hamkorlik va gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.