https://oz.sputniknews.uz/20250522/ozbekiston-xitoy-markaziy-osiyo-tadqiqot-markaz-49487718.html
O‘zbekiston Xitoy bilan Markaziy Osiyo tadqiqot markazi ochadi
O‘zbekiston Xitoy bilan Markaziy Osiyo tadqiqot markazi ochadi
Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) negizida Markaziy Osiyo ekologiya va atrof-muhitni o‘rganish ilmiy-tadqiqot markazi (Tashkent Headquarter) tashkil etiladi.
2025-05-22T11:00+0500
2025-05-22T11:00+0500
2025-05-22T11:00+0500
jamiyat
o‘zbekiston
xitoy
ekologiya
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
universitet
tadqiqot
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/16/49486484_99:208:1182:817_1920x0_80_0_0_00ef0d87208b5b554171f0debdc2552e.jpg
TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhit bo‘yicha Markaziy Osiyo tadqiqot markazi tashkil etiladi, deya xabar berdi Ekologiya vazirligi matbuot xizmati. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Xitoy Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, professor Xe Xunpin bilan uchrashdi. Uchrashuvda barqaror hamkorlik va qo‘shma ilmiy va amaliy tashabbuslarni kengaytirish haqida so‘z bordi. Hamkorlikda quyidagi loyihalar borligi ma’lum qilindi: Memorandumga ko‘ra, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) negizida Markaziy Osiyo ekologiya va atrof-muhitni o‘rganish ilmiy-tadqiqot markazi (Tashkent Headquarter) tashkil etiladi. Markaz Markaziy Osiyo mintaqasida ilmiy tadqiqotlar, mutaxassislarni tayyorlash, texnologiyalar va tajriba almashish, shuningdek, "yashil" va barqaror rivojlanishni targ‘ib qilish uchun platforma bo‘ladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250518/ozbekiston-aholi-ekologik-madaniyat-qaror-49412241.html
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/16/49486484_157:159:1080:852_1920x0_80_0_0_79f94b14a9888350446558ec15ef8c83.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
markaziy osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti green university markaziy osiyo ekologiya va atrof-muhitni o‘rganish ilmiy-tadqiqot markazi tashkent headquarter
markaziy osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti green university markaziy osiyo ekologiya va atrof-muhitni o‘rganish ilmiy-tadqiqot markazi tashkent headquarter
O‘zbekiston Xitoy bilan Markaziy Osiyo tadqiqot markazi ochadi
Markaz Green University negizida tashkil etiladi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhit bo‘yicha Markaziy Osiyo tadqiqot markazi tashkil etiladi, deya xabar berdi Ekologiya vazirligi
matbuot xizmati. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Xitoy Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, professor Xe Xunpin bilan uchrashdi.
Uchrashuvda barqaror hamkorlik va qo‘shma ilmiy va amaliy tashabbuslarni kengaytirish haqida so‘z bordi.
Hamkorlikda quyidagi loyihalar borligi ma’lum qilindi:
Arnasoy, Karmana, Muborak, Qorako‘l va Nukus tumanlarida galofit o‘simliklar bog‘larini yaratish;
O‘zbekiston O‘rmon xo‘jaligi agentligiga 1,4 tonna urug‘ yetkazib berish;
ifloslanish darajasini monitoring qilish uchun raqamli tizimlarni joriy etish va xitoylik mutaxassislarning "Yashil makon" umummilliy tashabbusini amalga oshirishda.
“Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Xitoy Fanlar akademiyasining Sinszan ekologiya va geografiya instituti (CAS XIEG) o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi”, — deyiladi xabarda.
Memorandumga ko‘ra, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) negizida Markaziy Osiyo ekologiya va atrof-muhitni o‘rganish ilmiy-tadqiqot markazi (Tashkent Headquarter) tashkil etiladi.
Markaz Markaziy Osiyo mintaqasida ilmiy tadqiqotlar, mutaxassislarni tayyorlash, texnologiyalar va tajriba almashish, shuningdek, "yashil" va barqaror rivojlanishni targ‘ib qilish uchun platforma bo‘ladi.