Endi O‘zbekistondagi shifokorlar yangi tizim asosida maosh oladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSemeynaya poliklinika №22 Uchtepinskogo rayona
Semeynaya poliklinika №22 Uchtepinskogo rayona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.05.2025
Obuna bo‘lish
Endi aholi o‘zining oilaviy shifokorini o‘zi tanlaydi.
TOShKENT, 22-may — Sputnik. O‘zbekistonda shu yildan tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda prezident imzolagan tegishli farmonda nazarda tutilgan.
O‘zbekiston prezidenti “Respublikada sog‘liqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, tajriba-sinov loyihasi doirasida bir qator ishlar amalga oshiriladi. Hususan, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi.
Quyidagi miqdorda:
sayyor tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot xodimlariga oylik lavozim maoshi yoki bazaviy tarif stavkasining 50 foizi miqdorida;
tibbiyot brigadasiga belgilangan meyorlardan 10 foiz ortiqcha qo‘shimcha biriktirilgan aholining har biri uchun mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 0,3 foizi miqdorida – shaharlarda, 0,5 foizi miqdorida – tumanlarda;
oila salomatligi bo‘yicha maxsus o‘quv dasturi asosida tashkil etiladigan kurslarning barcha bosqichlarini muvaffaqiyatli tugatgan tibbiyot xodimlari uchun sertifikatga muvofiq bazaviy tarif stavkasining 100 foizi miqdorida.
“Tuman (shahar) markaziy shifoxonalarida shifokorlarning oylik lavozim maoshlari – 20 foiz, o‘rta tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoshlari – 10 foiz miqdorida oshiriladi”, — deyilgan hujjat matnida.
Oilaviy poliklinikalar va tuman (shahar) markaziy shifoxonalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) asosida oylik lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda ustama joriy etiladi.
Farmonga ko‘ra, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimida quyidagilar yo‘lga qo‘yiladi:
oilaviy poliklinikalar, oilaviy shifokor punktlari, shu jumladan, ularga filial sifatida biriktirilgan muassasalar hamda mahalla tibbiyot punktlari biriktirilgan aholi sonidan kelib chiqib, yuridik maqomga ega oilaviy poliklinikalarga hamda ularning filiallariga aylantiriladi;
oilaviy poliklinikalarda aholiga tibbiy yordam ko‘rsatuvchi oilaviy shifokor, pediatr, akusher-ginekolog va tashxislash xizmatlarini ko‘rsatuvchi mutaxassislar, shuningdek, autsorsing asosida stomatologiya xizmati yo‘lga qo‘yiladi;
aholiga oilaviy shifokorni erkin tanlash huquqi beriladi.
Shuningdek, tibbiyot brigadasiga 3 ming nafar, zarur hollarda, belgilangan meyorlarga qo‘shimcha aholi biriktirilishi mumkin. Bunda 2030-yilga qadar 1 tibbiyot brigadasiga ko‘pi bilan 1,7 ming nafar aholi biriktirilishi strategik maqsad etib belgilanadi.
“Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari faqat to‘liq stavkada faoliyat yuritadi”, — deyiladi hujjat matnida.
Oilaviy poliklinikadan 10 kilometrdan uzoq masofada joylashgan mahallada yashovchi aholi uchun tibbiyot xodimlarining sayyor tibbiy xizmati yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, hujjatga ko‘ra, sog‘liqni saqlash bo‘limlari va tibbiyot muassasalarida rahbarlar uchun tibbiyotni boshqarish (menejerlik) bo‘yicha o‘quv dasturi yo‘lga qo‘yiladi.
O‘quv dasturi yakuni bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lgan rahbarlarga oylik lavozim maoshining 100 foizi, rahbar o‘rinbosariga – 80 foizi hamda bosh hamshiraga – 50 foizi miqdorida ustama to‘lanadi.
rahbar xodimlar uchun faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlari (KPI) belgilanadi hamda oylik lavozim maoshining 100 foizigacha miqdorda ustama joriy etiladi;
1 yil davomida faoliyat samaradorligi ko‘rsatkichlarida (KPI) ijobiy (56 foizdan yuqori) natijalarga erishmagan rahbar xodimlar lavozimidan ozod qilinadi.
Hududiy darajadagi tibbiyot muassasalari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan ro‘yxatga muvofiq tashkiliy, boshqaruv va moliyaviy jihatdan birlashtirilib ko‘p tarmoqli shifoxonalarga aylantiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi yig‘ilishda oilaviy shifokorlar 1,5 ming dollar, hamshiralar esa 600-800 dollar ekvivalentida oylik oladigan tizim qilinishi ma’lum qilingan edi. Shuningdek, “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi boshlanishi e’lon qilingan.
Kapelnitsa. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2025
Endi barcha shifokor va hamshiralar faqat to‘liq stavkada ishlaydi
Yangiliklar lentasi
0