https://oz.sputniknews.uz/20250420/rossiya-kompaniya-islom-tsivilizatsiya-markaz-audiogid-48967656.html
Rossiya kompaniyasi Islom sivilizatsiyasi markaziga audiogid xizmatini taklif etdi
Rossiya kompaniyasi Islom sivilizatsiyasi markaziga audiogid xizmatini taklif etdi
Sputnik O‘zbekiston
Markaz kompaniya bilan audiohikoyalar yaratish bo‘yicha hamkorlik qiladi. 20.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-20T18:00+0500
2025-04-20T18:00+0500
2025-04-20T18:00+0500
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
islom sivilizatsiyasi markazi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/07/27863664_0:0:3285:1848_1920x0_80_0_0_0aebe68002f161332c3736dd95bc519a.jpg
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Rossiya kompaniyasi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurchilar uchun mo‘ljallangan turli tillardagi audiogid xizmatini taklif etdi, deya xabar berdi markaz matbuot xizmati.O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Rossiyaning "Antaleks" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur kompaniya yirik muzeylar, madaniyat muassasalari uchun audio va videomateriallar tayyorlab berish bilan shug‘ullanadi.Uchrashuvda Markaz muzeyi, undagi ekspozitsiyalar, tarixiy davrlar, shaxslar va kashfiyotlar haqida audiohikoyalar yaratish bo‘yicha hamkorlik qilish uchun muzokaralar olib borildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250415/rossiya-islom-tsivilizatsiya-markaz-restavratsiya-laboratoriya-48885844.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/07/27863664_297:0:3028:2048_1920x0_80_0_0_11cf0fb4782c7774e62e33700e98691d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, rossiya, islom sivilizatsiyasi markazi
jamiyat, o‘zbekiston, rossiya, islom sivilizatsiyasi markazi
Rossiya kompaniyasi Islom sivilizatsiyasi markaziga audiogid xizmatini taklif etdi
Markaz kompaniya bilan audiohikoyalar yaratish bo‘yicha hamkorlik qiladi.
TOShKENT, 20 apr — Sputnik. Rossiya kompaniyasi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurchilar uchun mo‘ljallangan turli tillardagi audiogid xizmatini taklif etdi, deya xabar berdi markaz
matbuot xizmati.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Rossiyaning "Antaleks" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur kompaniya yirik muzeylar, madaniyat muassasalari uchun audio va videomateriallar tayyorlab berish bilan shug‘ullanadi.
Uchrashuvda Markaz muzeyi, undagi ekspozitsiyalar, tarixiy davrlar, shaxslar va kashfiyotlar haqida audiohikoyalar yaratish bo‘yicha hamkorlik qilish uchun muzokaralar olib borildi.
“Biz O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurchilar uchun turli tillarda audiogid xizmati ko‘rsatish bo‘yicha o‘z xizmatlarimizni taklif etmoqdamiz. Bu albatta, juda katta megaloyiha, shu bois u bilan ishlash biz uchun oson bo‘lmaydi. Ammo, bu yirik tashabbusga munosib hissamizni qo‘shishimiz uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz”, — dedi kompaniyaning O‘zbekistondagi ijrochi direktori Bulat Shaymardanov.