Termiz va Novosibirsk birodar shaharlarga aylanishi kutilmoqda

© Depositphotos / Pavel DanilyukRukopojatie. Arxivnoe foto
Rukopojatie. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2025
Obuna bo‘lish
Novosibirskda Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum o‘tkaziladi.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Termiz va Novosibirsk shaharlari o‘rtasida birodarlashgan shaharlar munosabatlari o‘rnatiladi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov Novosibirsk shahri meri o‘rinbosari Kseniya Antonova bilan uchrashdi.
Qayd etilishicha, Novosibirsk O‘zbekiston bilan savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish hamda mustahkamlashga muhim ahamiyat qaratmoqda.
“Shahar meriyasi O‘zbekiston bosh konsulxonasining shu yil iyul oyida Novosibirskda Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Novosibirsk viloyati ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi”, — deyiladi xabarda.
Kseniya Antonova ushbu tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish uchun shahar rahbariyati tomonidan barcha zarur yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.
Shuningdek, Surxondaryo va Novosibirsk viloyatlari o‘rtasidagi yaqin hamkorlikni inobatga olgan holda Termiz va Novosibirsk shaharlari o‘rtasida birodarlashgan shaharlar munosabatlarini o‘rnatish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi.
Jenskoe rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2025
Novosibirsklik tadbirkorlar mahsulotlarni Surxondaryo orqali Afg‘onistonga eksport qilmoqchi
Yangiliklar lentasi
0