Novosibirsklik tadbirkorlar mahsulotlarni Surxondaryo orqali Afg‘onistonga eksport qilmoqchi

© Getty Images Russia Jenskoe rukopojatie
Jenskoe rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.04.2025
Obuna bo‘lish
Novosibirsk viloyati Eksportni qo‘llab-quvvatlash markazi Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlari bilan hamkorlik qilishni reja qilmoqda.
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Novosibirsk viloyati biznes vakillari o‘z mahsulotlarini Surxondaryo orqali Afg‘onistonga eksport qilmoqchi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.
O‘zbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov Novosibirsk viloyati Eksportni qo‘llab-quvvatlash markazi rahbari Alina Musiyenko bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston hududlari va Novosibirsk viloyati tadbirkorlari o‘rtasidagi sheriklikning asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.

“Markaz O‘zbekiston hududlari, xususan, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlari bilan hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Shuningdek, Novosibirsk viloyati biznes vakillari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Surxondaryo viloyatidagi "Ayritom" erkin iqtisodiy zonasi orqali Afg‘onistonga eksportini tashkil qilishga qiziqish bildirapti”, — deyiladi xabarda.

Shu yilning iyun oyida Novosibirskda Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes-forum o‘tkazish, oktabr oyida esa "Ayritom" erkin iqtisodiy zonasi hududida Novosibirskda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasini tashkil etishga kelishib olindi.
Frukti i ovoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2025
Novosibirskda O‘zbekiston mahsulotlari savdo bozori ochildi — tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0