Samarqandda O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumi bo‘lib o‘tadi

© UNWTOTuristicheskiy kompleks "Silk Road Samarkand" v Samarkande.
Turisticheskiy kompleks Silk Road Samarkand v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2025
Obuna bo‘lish
Forum doirasida qator kelishuvlar imzolanishi va yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. 1-2 iyun kunlari Samarqanddagi “Silk Road Samarkand” xalqaro turizm markazida ikkinchi O‘zbekiston-Xitoy hududlararo forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Tadbir ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish hamda sarmoya va ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirishga qaratilgan.

“Forumda 1500 nafardan ortiq ishtirokchi, jumladan, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari, hukumatlar, viloyatlar hokimliklari, shuningdek, fan va ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etadi”, — deyiladi xabarda.

Forum doirasida qator kelishuvlar imzolanishi va yangi investitsiya loyihalarini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Xabarga ko‘ra, forum O‘zbekiston hududlari va Xitoy provinsiyalari o‘rtasidagi har tomonlama sheriklikni mustahkamlashda muhim qadam.
V Astane sostoyalas vtoraya vstrecha ministrov transporta stran Sentralnoy Azii i Kitaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2025
Ostonada Markaziy Osiyo va Xitoy transport vazirlari uchrashdi
Yangiliklar lentasi
0