https://oz.sputniknews.uz/20250516/ostonada-markaziy-osiyo-va-xitoy-transport-vazirlari-uchrashdi-49394785.html
Ostonada Markaziy Osiyo va Xitoy transport vazirlari uchrashdi
Ostonada Markaziy Osiyo va Xitoy transport vazirlari uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyo va Xitoy orasida chegaralarni kesib o‘tishni soddalashtirish muhokama qilindi. 16.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-16T17:00+0500
2025-05-16T17:00+0500
2025-05-16T17:14+0500
markaziy osiyo
transport vazirligi
transport
o‘zbekiston
xitoy
qozog‘iston
qirg‘iziston
tojikiston
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/10/49394288_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_21670e3dfa3770734678556acd379b0f.jpg
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Ostonada Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy transport vazirlarining ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy Osiyo va Xitoy orasida chegaralarni kesib o‘tishni soddalashtirish maqsadida transport hujjatlarini elektron ko‘rinishga o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish dasturi muhokama qilindi. Uchrashuvda ikkita hujjat imzolandi: Xalqaro avtomobil tashuvlarini amalga oshirishda raqamlashtirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi hamda transport idoralari o‘rtasida anglashuv memorandumi.Majlisda Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Tojikiston transport vazirlari va Turkmaniston Transport va kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Mammetxan Chakiyev hamda O‘zbekiston transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarovlar ishtirok etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250329/mdh-transport-sohasida-hamkorlik-eik-48647110.html
o‘zbekiston
xitoy
qozog‘iston
qirg‘iziston
tojikiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/10/49394288_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_3141a75e8879c35259a38657d64a8429.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
markaziy osiyo, transport vazirligi, transport, o‘zbekiston, xitoy, qozog‘iston, qirg‘iziston, tojikiston, jamiyat
markaziy osiyo, transport vazirligi, transport, o‘zbekiston, xitoy, qozog‘iston, qirg‘iziston, tojikiston, jamiyat
Ostonada Markaziy Osiyo va Xitoy transport vazirlari uchrashdi
17:00 16.05.2025 (yangilandi: 17:14 16.05.2025) Markaziy Osiyo va Xitoy orasida chegaralarni kesib o‘tishni soddalashtirish muhokama qilindi.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Ostonada Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy transport vazirlarining ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda Markaziy Osiyo va Xitoy orasida chegaralarni kesib o‘tishni soddalashtirish maqsadida transport hujjatlarini elektron ko‘rinishga o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish dasturi muhokama qilindi.
Ushbu dastur elektron hujjat aylanishini va yuklar harakatini onlayn rejimda kuzatish imkoniyatini ta’minlaydi. Shuningdek, xorijiy ruxsatnoma blankalarini (XRB) almashish mexanizmini elektron shaklga o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish ham muhokama qilindi.
Uchrashuvda ikkita hujjat imzolandi: Xalqaro avtomobil tashuvlarini amalga oshirishda raqamlashtirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi hamda transport idoralari o‘rtasida anglashuv memorandumi.
Majlisda Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Tojikiston transport vazirlari va Turkmaniston Transport va kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Mammetxan Chakiyev hamda O‘zbekiston transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarovlar ishtirok etdi.