https://oz.sputniknews.uz/20250521/ozbekiston-vengriya-strategik-sheriklik-munosabat-49470898.html
O‘zbekiston va Vengriya kengaytirilgan strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatdi
O‘zbekiston va Vengriya kengaytirilgan strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatdi
Sputnik O‘zbekiston
Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Kengaytirilgan strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar
2025-05-21T09:41+0500
2025-05-21T09:41+0500
2025-05-21T10:38+0500
iqtisod
siyosat
vengriya
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
viktor orban
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/15/49470715_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_015a48b374581477e32ebe8f036bde53.jpg
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Budapeshtda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban hamkorlikka oid hujjat imzolashdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati. Shuningdek, yetakchilar huzurida qabul qilingan qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, jumladan, Ekstraditsiya to‘g‘risidagi shartnoma, Iqlim o‘zgarishi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, tabiiy ofatlarni boshqarish, ilm-fan va innovatsiyalar, tinch atom sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi idoralararo kelishuvlar almashildi. Mirziyoyev va Orban o‘rtasidagi muzokaralarda quyidagilar ma’lum qilindi:
https://oz.sputniknews.uz/20250520/ozbekiston-vengriya-yangi-loyihalar-kelishuv-49458782.html
vengriya
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/15/49470715_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_8f5a6591c09be1d9bf1c79bbe198f60e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston vengriya kengaytirilgan strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya
o‘zbekiston vengriya kengaytirilgan strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya
O‘zbekiston va Vengriya kengaytirilgan strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatdi
09:41 21.05.2025 (yangilandi: 10:38 21.05.2025) Budapeshtdagi muzokaralar yakunida qo‘shma deklaratsiya imzolandi.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Budapeshtda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban hamkorlikka oid hujjat imzolashdi, deya xabar berdi davlat rahbari
matbuot xizmati. “Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Kengaytirilgan strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, yetakchilar huzurida qabul qilingan qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, jumladan, Ekstraditsiya to‘g‘risidagi shartnoma, Iqlim o‘zgarishi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, tabiiy ofatlarni boshqarish, ilm-fan va innovatsiyalar, tinch atom sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi idoralararo kelishuvlar almashildi.
Mirziyoyev va Orban o‘rtasidagi muzokaralarda quyidagilar ma’lum qilindi:
tovar ayirboshlash hajmini, shu jumladan import o‘rnini bosish va "GSP+" maqomi hisobiga birinchi bosqichda 500 million yevroga yetkazish muhimligi qayd etildi;
bugungi kunda qo‘shma investitsiya loyihalari portfeli 500 million dollarni tashkil etadi. Bu galgi tashrif uchun yana 1,5 milliard yevrolik yangi loyihalar tayyorlangan;
O‘zbekiston-Vengriya Ishbilarmonlar kengashi faoliyatini qayta tiklash va yaqin fursatda uning navbatdagi yig‘ilishini biznes vakillarining keng ishtirokida o‘tkazish taklif qilindi;
kelgusi yilni O‘zbekiston va Vengriya madaniyati yili deb e’lon qilish taklifi bildirildi;
Vengriya davlat opera teatri sahnasida "Lazgi" baletini sahnalashtirish va Budapeshtdagi Etnografiya muzeyida o‘zbek madaniyati ko‘rgazmasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda;
joriy yilda Toshkentda O‘zbekiston va Vengriya rektorlarining uchinchi forumini o‘tkazish taklif qilindi.