https://oz.sputniknews.uz/20250417/ozbekiston-aes-vengriya-hamkorlik-48921878.html
O‘zbekiston AES qurishda Vengriya kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi
O‘zbekiston AES qurishda Vengriya kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi
Sputnik O‘zbekiston
“O‘zatom” agentligi Vengriyaning atom energetikasi sohasidagi yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi. 17.04.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-04-17T11:14+0500
2025-04-17T11:14+0500
2025-04-17T11:19+0500
iqtisod
o‘zbekiston
vengriya
aes
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/11/48920969_0:228:960:768_1920x0_80_0_0_799113de1dc7de94e5cbddf78e65e2f2.jpg
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. O‘zbekiston atom elektr stansiya (AES) qurilishiga Vengriya kompaniyalarini jalb qiladi. Bu haqda “O‘zatom” agentligi xabar berdi. “O‘zatom” agentligi direktori Azim Axmedxadjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiya Vengriya energetika va iqlim masalalari bo‘yicha davlat kotibi Atilla Shtayner bilan muzokaralar o‘tkazdi. Unda atom energetikasi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi. Shuningdek, delegatsiya mamlakatning atom energetikasi sohasidagi yetakchi kompaniyalari vakillari bilan ham uchrashdi. Unda O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasini amalga oshirishda texnik yordam, jumladan, AESning texnik suv ta’minoti yechimlari haqida so‘z bordi. Shuningdek, Vengriya atom energetikasi obyektlarida, xususan, MVM EGI kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘zbek mutaxassislarining malakasini oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20241016/aes-qurilishi-14-ta-maydon-baho-46145541.html
o‘zbekiston
vengriya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/11/48920969_0:115:960:835_1920x0_80_0_0_4c1fe4ada340fa5a9c5fbe468c6a9976.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, vengriya, aes
iqtisod, o‘zbekiston, vengriya, aes
O‘zbekiston AES qurishda Vengriya kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi
11:14 17.04.2025 (yangilandi: 11:19 17.04.2025) “O‘zatom” agentligi Vengriyaning atom energetikasi sohasidagi yetakchi kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. O‘zbekiston atom elektr stansiya (AES) qurilishiga Vengriya kompaniyalarini jalb qiladi. Bu haqda “O‘zatom” agentligi xabar berdi.
“O‘zatom” agentligi direktori Azim Axmedxadjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiya Vengriya energetika va iqlim masalalari bo‘yicha davlat kotibi Atilla Shtayner bilan muzokaralar o‘tkazdi. Unda atom energetikasi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi.
Shuningdek, delegatsiya mamlakatning atom energetikasi sohasidagi yetakchi kompaniyalari vakillari bilan ham uchrashdi. Unda O‘zbekistonda atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasini amalga oshirishda texnik yordam, jumladan, AESning texnik suv ta’minoti yechimlari haqida so‘z bordi.
“Tomonlar O‘zbekistonlik talabalar uchun Vengriyaning tegishli oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun maqsadli kvotalar ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqish to‘g‘risida kelishib olishdi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Vengriya atom energetikasi obyektlarida, xususan, MVM EGI kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘zbek mutaxassislarining malakasini oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
“Uchrashuvlar yakunida atom energetikasi sohasida hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Tomonlar yadro texnologiyalarini rivojlantirish, kadrlar malakasini oshirish va ilg‘or texnik yechimlarni joriy etishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda o‘zaro manfaatdorlikni tasdiqlashdi”, — deya qayd etilgan xabarda.