Namanganda navbatdagi gullar festivali bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov Yubileyniy festival svetov v Namangane
Yubileyniy festival svetov v Namangane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2025
Obuna bo‘lish
Festival uchun shaharga 100 milliondan ortiq gul ekildi.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Namanganda 25-maydan 29-iyunga qadar 64-Xalqaro gullar festivali o‘tkaziladi. Unga 300 mingdan ortiq xorijiy, 8 million nafar mahalliy sayyoh tashrifi kutilmoqda, deya xabar berdi Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati.
“Har yili nafaqat yurtimiz, balki xorijdan ham minglab sayyohlarni jalb etadigan mazkur festivalga tayyorgarlik doirasida shaharga 100 milliondan ortiq, jumladan, ko‘cha-xiyobonlarga 45 million, Bobur, Afsona va Yangi O‘zbekiston bog‘lariga 65 million tup gul ekildi”, — deyiladi xabarda.
Bayram an’anaviy avtoparad bilan boshlanadi.

“Tabiiy gullar bilan bezatilgan 200 tadan ortiq turli rusumdagi avtomashinalar viloyat markazining asosiy ko‘chalari bo‘ylab Namangan xalqaro aeroporti oldidan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i oldigacha bo‘lgan 10 kilometrdan ziyodroq yo‘lni bosib o‘tadi”, — deya qayd etilgan xabarda.

Bog‘da festival mehmonlariga xorijiy va mahalliy ishtirokchilar tomonidan maxsus maydonlarda tabiiy gullardan yaratilgan turli kompozitsiyalar, dizayn va dekoratsiyalar namoyish etiladi.
Festival kunlari 100 tadan ortiq madaniy tadbirlar o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, mazkur festival Turizm qo‘mitasi va Namangan viloyati hokimligining turizm boshqarmasi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Festival svetov v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2025
Toshkentdagi Gullar festivali — yorqin fotolar
Yangiliklar lentasi
0