https://oz.sputniknews.uz/20250520/transafgon-temir-yol-markaziy-janubiy-osiyo-49449486.html
Transafg‘on temir yo‘li Markaziy va Janubiy Osiyo uchun drayver bo‘ladi — TIV
Transafg‘on temir yo‘li Markaziy va Janubiy Osiyo uchun drayver bo‘ladi — TIV
Sputnik O‘zbekiston
Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqotining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. 20.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-20T12:19+0500
2025-05-20T12:19+0500
2025-05-20T12:19+0500
jamiyat
o‘zbekiston
termiz
afg‘oniston
markaziy osiyo
temir yo‘l
savdo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/1b/45866685_0:71:1350:830_1920x0_80_0_0_d117754740b1813b65ebe8056ed78160.jpg
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Transafg‘on temir yo‘li loyihasi Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarida savdo va investitsiyalar o‘sishining yangi drayveri bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti. Surxondaryo viloyatidagi "Termiz" xalqaro savdo markazi erkin savdo zonasida "Tinchlik, do‘stlik va farovonlikning umumiy makonini barpo etish" mavzusida Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqotining birinchi yig‘ilishi boshlandi. Uning aytishicha, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlariga mamlakatlarni bog‘laydigan, tovarlar va yo‘lovchilarning tez va ishonchli tranzitini ta’minlaydigan qulay avtomobil yo‘llari, temir yo‘llar, havo qatnovi zarur. Afg‘oniston tomonining ma’lum qilishicha, mamlakat Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining barcha tashabbuslarida faol ishtirok etishga tayyor.Tadbir O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston TIV va Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20250408/rossiya-ozbekiston-transafgon-temir-yoli-48781958.html
o‘zbekiston
termiz
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/1b/45866685_75:0:1275:900_1920x0_80_0_0_8664db8d15d098f3d997f1abc731c2ec.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, termiz, afg‘oniston, markaziy osiyo, temir yo‘l, savdo
jamiyat, o‘zbekiston, termiz, afg‘oniston, markaziy osiyo, temir yo‘l, savdo
Transafg‘on temir yo‘li Markaziy va Janubiy Osiyo uchun drayver bo‘ladi — TIV
Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqotining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Transafg‘on temir yo‘li loyihasi Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarida savdo va investitsiyalar o‘sishining yangi drayveri bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Surxondaryo viloyatidagi "Termiz" xalqaro savdo markazi erkin savdo zonasida "Tinchlik, do‘stlik va farovonlikning umumiy makonini barpo etish" mavzusida Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqotining birinchi yig‘ilishi boshlandi.
“Termizdan janubiy dengizlargacha bo‘lgan Transafg‘on temir yo‘li kabi loyihalarning amalga oshirilishi ulkan makromintaqaning savdo-iqtisodiy landshaftini tubdan o‘zgartirib, Markaziy va Janubiy Osiyoni o‘zaro savdo va investitsiyalar o‘sishining yangi drayveri bilan ta’minlashga qodir”, — dedi A’loyev.
Uning aytishicha, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlariga mamlakatlarni bog‘laydigan, tovarlar va yo‘lovchilarning tez va ishonchli tranzitini ta’minlaydigan qulay avtomobil yo‘llari, temir yo‘llar, havo qatnovi zarur.
"Biz o‘zaro tovar ayirboshlashni, korxonalar o‘rtasidagi kooperatsiyani oshirish uchun ulkan salohiyatga egamiz. Qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, to‘siqlarni bartaraf etish, standartlarni birlashtirish, kooperatsiyani kengaytirish - bularning barchasi qariyb 2 milliard kishilik yagona bozorni shakllantirish imkonini beradi," — deya qo‘shimcha qildi u.
Afg‘oniston tomonining ma’lum qilishicha, mamlakat Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining barcha tashabbuslarida faol ishtirok etishga tayyor.
"Afg‘oniston Islom Amirligi transport, infratuzilma, elektr energiyasini uzatish, savdo, ta’lim, iqlim o‘zgarishi va barqaror taraqqiyot kabi barcha mintaqaviy tashabbuslarda faol ishtirok etishga tayyor", — dedi mamlakatning tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muhammad Naim Vardak.
Tadbir O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, O‘zbekiston TIV va Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etildi.