Rossiya va O‘zbekiston Transafg‘on temir yo‘li loyihasi to‘g‘risida hujjat imzoladi

© Unsplash / Johannes PlenioJeleznaya doroga. Arxivnoe foto
Jeleznaya doroga. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2025
Obuna bo‘lish
Ikkita yo‘nalish belgilab olingan: “Mozori Sharif – Hirot – Dilorom – Qandahor – Chaman” va “Termiz – Naibobod – Lugar - Xarlachi”.
TOShKENT, 8 apr – Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston Transport vazirliklari hamda “Rossiya temir yo‘llari” va “O‘zbekiston temir yo‘llari” Transafg‘on temir yo‘li loyihasini amaliy amalga oshirishni boshlash to‘g‘risida hujjat imzoladi. Bu haqda Rossiya Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Rossiyaning ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari 2025-yilda o‘zbekistonlik hamkasblari bilan birgalikda Transafg‘on temir yo‘li qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslash bo‘limlarini kelishilgan yo‘nalishlar bo‘yicha, shu jumladan, yuk oqimlari hajmi prognozi va iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo‘yicha tayyorlashni ta’minlaydi
Ikkita yo‘nalish belgilab olingan: “Mozori Sharif – Hirot – Dilorom – Qandahor – Chaman” va “Termiz – Naibobod – Lugar - Xarlachi”.
Pokiston temir yo‘llari mutaxassislari va afg‘on delegatsiyasi vakillari ishtirokida loyihani muhokama qilishning birinchi sessiyasi 2025-yil 15-16 may kunlari Qozonda bo‘lib o‘tadigan Rossiya-Islom dunyosi forumi doirasida bo‘lib o‘tadi.
“Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” temir yo‘l liniyasi Janubi-Sharqiy Osiyoning yirik bozorlarini MDH davlatlari, Xitoy va Yevropa bozorlari bilan bog‘lovchi yangi va eng qisqa tranzit yo‘laklarini yaratadi.
Umuman olganda, loyihani amalga oshirish yuk tashish vaqti va narxini 30-40 foizga qisqartiradi. Ilk yillarda birinchi hisoblangan tashuvlar hajmi 3 mln tonnagacha, 2030-yilga kelib esa yiliga 15 mln tonnadan oshib ketishi mumkin.
Magistralning uzunligi 573 km, tranzit salohiyati yiliga 20 mln tonna yukni tashkil etadi.
Konteynerniy poyezd - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.01.2025
O‘zbekiston Afg‘oniston orqali tranzitning bir qismini “Shimol-Janub” bo‘ylab yo‘naltirmoqchi
Yangiliklar lentasi
0