https://oz.sputniknews.uz/20250520/ozbekisto-turist-yangi-farmon-49449194.html
O‘zbekistonga yil yakuniga qadar 15,8 mln turist jalb etiladi — yangi farmon
O‘zbekistonga yil yakuniga qadar 15,8 mln turist jalb etiladi — yangi farmon
Sputnik O‘zbekiston
Modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi. 20.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-20T13:39+0500
2025-05-20T13:39+0500
2025-05-20T13:39+0500
turizm
sayyohlar
o‘zbekiston
mehmonxona
subsidiya
yangi farmon
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/0a/48809087_0:161:3070:1888_1920x0_80_0_0_ab4f898a119769fa4d12e839d71ade00.jpg
TOShKENT, 20-may — Sputnik. O‘zbekiston 2025-yil yakuniga qadar respublika hududlariga 15,8 mln nafar xorijiy turistlarning safarlarini tashkil etadi. Bu haqda prezident imzolagan tegishli farmonda nazarda tutilgan.“2025–2026 yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.2025 yil yakuniga qadar turizm sohasining asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:2025 yildan har yili 30-noyabrga qadar kelgusi yil turizmni rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlar ishlab chiqiladi. Har yili noyabr oyining 3-haftasida Xalqaro turizm haftaligi tashkil etiladi.2025 yil iyun oyidan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturini amalga oshirish uchun har oy 2-haftasining shanba va yakshanba kunlari “Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” etib belgilanadi.Farmonga ko‘ra, respublika miqyosida yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan sport musobaqalari g‘oliblari qo‘shimcha ravishda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasi bilan taqdirlanishi belgilandi.2027 yil 1-yanvargacha tadbirkorlar tomonidan modulli mehmonxonani qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun kamida 10 ta moduldan iborat bo‘lgan modulli mehmonxonalar uchun quyidagi miqdorlarda 1-martalik subsidiya ajratiladi:2028 yil 1-yanvargacha tibbiy turizm klasterlarining turizm yo‘nalishidagi xodimlari malakasini oshirish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.2030 yil 1-yanvargacha tibbiy turizm klasterlarining xizmatlari xalqaro turizm va tibbiyot yarmarkalari hamda ko‘rgazmalarida targ‘ib qilinadi.2025 yil 1-iyundan turizm sohasiga oid barcha davlat elektron tizim va platformalari Milliy turizm yagona platformasi doirasida ishlab chiqiladi.2025 yil yakuniga qadar Samarqand shahrida “Ipak yo‘lida turizm” tematik ofisi tashkil etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250519/arda-xiva-sharqona-venetsiya-49383940.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/0a/48809087_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_b4e9fdb132fd7f9cd69f073e329cdad4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, sayyohlar, o‘zbekiston, mehmonxona, subsidiya, yangi farmon
turizm, sayyohlar, o‘zbekiston, mehmonxona, subsidiya, yangi farmon
O‘zbekistonga yil yakuniga qadar 15,8 mln turist jalb etiladi — yangi farmon
Modulli mehmonxonalar qurish uchun subsidiya ajratiladi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. O‘zbekiston 2025-yil yakuniga qadar respublika hududlariga 15,8 mln nafar xorijiy turistlarning safarlarini tashkil etadi. Bu haqda prezident imzolagan tegishli farmonda
nazarda tutilgan. “2025–2026 yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotdagi o‘rni va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2025 yil yakuniga qadar turizm sohasining asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
respublika hududlariga 15,8 mln nafar xorijiy turistlarning safarlarini tashkil etish, turizm xizmatlari eksportini 4 mlrd dollarga yetkazish;
ichki turizmni rivojlantirish hisobiga 40 mln ta mahalliy sayyohlarning hududlarga safarlarini tashkil etish, qo‘shimcha 378 ta turoperator faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
“2025 yil 1-iyundan Bahrayn Qirolligi, Kuvayt Davlati va O‘mon Sultonligi fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilanadi”, — deyiladi hujjat matnida.
2025 yildan har yili 30-noyabrga qadar kelgusi yil turizmni rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlar ishlab chiqiladi. Har yili noyabr oyining 3-haftasida Xalqaro turizm haftaligi tashkil etiladi.
2025 yil iyun oyidan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturini amalga oshirish uchun har oy 2-haftasining shanba va yakshanba kunlari “Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” etib belgilanadi.
Farmonga ko‘ra, respublika miqyosida yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan sport musobaqalari g‘oliblari qo‘shimcha ravishda “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasi bilan taqdirlanishi belgilandi.
2027 yil 1-yanvargacha tadbirkorlar tomonidan modulli mehmonxonani qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun kamida 10 ta moduldan iborat bo‘lgan modulli mehmonxonalar uchun quyidagi miqdorlarda 1-martalik subsidiya ajratiladi:
I toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun – 10 mln so‘m;
II toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun – 7 mln so‘m;
III toifadagi modulli mehmonxonadagi har bir joy uchun – 5 mln so‘m.
2028 yil 1-yanvargacha tibbiy turizm klasterlarining turizm yo‘nalishidagi xodimlari malakasini oshirish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.
2030 yil 1-yanvargacha tibbiy turizm klasterlarining xizmatlari xalqaro turizm va tibbiyot yarmarkalari hamda ko‘rgazmalarida targ‘ib qilinadi.
2025 yil 1-iyundan turizm sohasiga oid barcha davlat elektron tizim va platformalari Milliy turizm yagona platformasi doirasida ishlab chiqiladi.
2025 yil yakuniga qadar Samarqand shahrida “Ipak yo‘lida turizm” tematik ofisi tashkil etiladi.