Moskvada “Taymetov. G‘alaba jarchisi” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

© SputnikV Moskve 19-maya sostoyalas premyera filma "Taymetov. Vestnik Pobedi"
V Moskve 19-maya sostoyalas premyera filma Taymetov. Vestnik Pobedi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2025
Obuna bo‘lish
Film XIX Xalqaro "Madaniyatlar muloqoti" media-forumining ochilish marosimida namoyish etildi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Moskvada “Taymetov. G‘alaba jarchisi” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
© Uzbekistan AirportsV Moskve 19-maya sostoyalas premyera filma "Taymetov. Vestnik Pobedi"
V Moskve 19-maya sostoyalas premyera filma Taymetov. Vestnik Pobedi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2025
V Moskve 19-maya sostoyalas premyera filma "Taymetov. Vestnik Pobedi"
Hujjatli filmda birinchi o‘zbek uchuvchisi Abdusamat Taymetov ekipajining 1945-yil 9-mayda Germaniyaning so‘zsiz kapitulyatsiyasi to‘g‘risidagi akt va G‘alaba bayrog‘ini Moskvaga yetkazgani haqida hikoya qilinadi.
Mazkur filmni yaratish g‘oyasi Toshkent aeroportiga oid arxiv hujjatlarini o‘rganish jarayonida paydo bo‘lgan. Film rejissori Eldor Yo‘ldoshevning so‘zlariga ko‘ra, filmning asosiy maqsadi O‘zbekistonning Ikkinchi jahon urushini tugatishga qo‘shgan ulkan hissasini ko‘rsatishdir.
Film Moskvaning "Xudojestvenniy" kinoteatrida bo‘lib o‘tgan nufuzli XIX Xalqaro "Madaniyatlar muloqoti" media forumining ochilish marosimida namoyish etildi.
"Filmimiz premyerasi shunday nufuzli Forum doirasida bo‘lib o‘tgani men uchun katta sharaf. Bu ko‘p yillar davomida ushbu kinoteatrda bo‘lib o‘tgan birinchi o‘zbek premyerasi, retrospektivlar yoki namoyishlar bo‘lgan, lekin premyeralar emas, masalan, o‘tgan yili men ushbu kinoteatrning kichik zallaridan birida "Mehr" filmining retrospektivini o‘tkazdim, bu yerda esa premyera asosiy zalda bo‘lib o‘tdi," — dedi film rejissori Eldor Yo‘ldoshev.
"KinoPoisk" onlayn kinoteatri bosh muharriri Viktoriya Belyayevaning so‘zlariga ko‘ra, film juda dinamik va u bir nafasda o‘tib ketgandek tuyulgan.
"Biz Eldor Yo‘ldoshevni muvaffaqiyatli produser sifatida bilamiz, lekin rejissor sifatida u butunlay boshqa tomondan, yana "Xudojestvenniy" kabi yirik maydonda ochildi”, — dedi u.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston davlat mukofoti laureati Ali Hamrayevning qayd etishicha, kartina o‘ylashga, tarixni anglashga majbur qiladi, vatanparvarlik va vatanga, o‘z vatandoshlariga muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otadi. Bunday filmlar juda kam.
Film “Madaniyatlar muloqoti” XIX Xalqaro media forumining maxsus diplomi bilan taqdirlandi.
Ma’lumot uchun, Abdusamad Taymetov O‘zbekiston aviatsiya tarixida o‘ziga xos o‘rin tutgan shaxs hisoblanadi. U O‘zbekistonning ilk harbiy va fuqaro aviatsiyasi uchuvchisi, sinovchi-uchuvchi, aviatsiya maktabi asoschisi va Toshkent aeroportining birinchi direktori sifatida ishlagan.
Eldor Yo‘ldoshevning aytishicha, osmonda asosiy strategik qurollardan biri Toshkentda ishlab chiqarilgan “Li-2” samolyoti bo‘lgan. Ushbu samolyotni loyihalashtirish va ishlab chiqarilishiga o‘zbek mutaxassislari - respublika rahbari Usmon Yusupovdan tortib samolyot fuzelyaji parchinchisi Muazzam Aliyevagacha o‘z hissalarini qo‘shishganiga fakt va dalillar topilgan.
G‘alaba qadri: Zulfiya Zokirova avlodlar xotirasida - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2025
Ulug‘ Vatan urushidagi G‘alabaning 80-yilligi
G‘alaba qadri: Zulfiya Zokirova avlodlar xotirasida
Yangiliklar lentasi
0