https://oz.sputniknews.uz/20250509/galaba-qadri-zulfiya-zokirova-49292868.html
G‘alaba qadri: Zulfiya Zokirova avlodlar xotirasida
G‘alaba qadri: Zulfiya Zokirova avlodlar xotirasida
Sputnik O‘zbekiston
Sevimli Zulfiya aya haqidagi xotiralarni nevaralari hamda chevaralari juda qadrlashadi va ular bu xotiralarni Sputnik O‘zbekiston bilan o‘rtoqlashdilar.Bugun Zulfiya Zokirova va uning oilasiga bag‘ishlangan “Matonat madhiyasi” tarixiy yodgorligi Toshkentdagi “G‘alaba” bog‘ini bezab turibdi. U haqda kitob yozilgan va film suratga olingan, “Shon-shuhrat muzeyi”da unga va uning o‘g‘illariga bag‘ishlangan burchak tashkil etilgan, poytaxtdagi yodgorlikka o‘xshash haykallar O‘zbekiston viloyatlarida ham o‘rnatilgan. Uning avlodlarining bu xotira bardavom bo‘lishiga, uning hayot yo‘li barcha uchun jasorat namunasi bo‘lib xizmat qilishiga ishonchi komil.
2025-05-09T21:10+0500
2025-05-09T21:10+0500
2025-05-09T21:10+0500
ulug‘ vatan urushidagi g‘alabaning 80-yilligi
video
o‘zbekiston
ikkinchi jahon urushi
9 may - g‘alaba bayrami, xotira va qadrlash kuni
xotira kuni
xotira
g‘alabaning 80-yilligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/09/49268353_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_a997a095f6d550a42e68c3ca9c9e7525.jpg
Sevimli Zulfiya aya haqidagi xotiralarni nevaralari hamda chevaralari juda qadrlashadi va ular bu xotiralarni Sputnik O‘zbekiston bilan o‘rtoqlashdilar.Bugun Zulfiya Zokirova va uning oilasiga bag‘ishlangan “Matonat madhiyasi” tarixiy yodgorligi Toshkentdagi “G‘alaba” bog‘ini bezab turibdi. U haqda kitob yozilgan va film suratga olingan, “Shon-shuhrat muzeyi”da unga va uning o‘g‘illariga bag‘ishlangan burchak tashkil etilgan, poytaxtdagi yodgorlikka o‘xshash haykallar O‘zbekiston viloyatlarida ham o‘rnatilgan. Uning avlodlarining bu xotira bardavom bo‘lishiga, uning hayot yo‘li barcha uchun jasorat namunasi bo‘lib xizmat qilishiga ishonchi komil.Mag‘mura Fayziyeva — Zulfiya Zokirovaning nevarasi. Bugun u oila vakillari orasida buvisini hayotligida ko‘rgan yagona shaxs. Uning xotiralari, ayniqsa, qimmatli, chunki har safar katta dasturxon atrofida yig‘ilishganda, Mag‘mura Ortiqovnani tinglab, Zulfiya Zokirovaning hayoti haqida barcha tafsilotlarni eslab qolishga harakat qilishadi.Farhod Mahamadjonov — Zulfiya Zokirovaning chevarasi. Bolaligidan u oilaviy xotiralardan hikoyalar tinglashni yaxshi ko‘rgan, ayniqsa, buvisi Hidoyat va otasi Turg‘unning urush yillari, Zulfiya ayaning mahalladagi qo‘shnilarini mehmon qilib, sut va oziq-ovqatni baham ko‘rishi, erkaklarcha beliga ro‘mol bog‘lab, hech qanday og‘ir ishdan qo‘rqmagani haqidagi hikoyalarini tinglashni yaxshi ko‘rardi. U nima bo‘lishiga qaramay, kechirimli bo‘lish va hayotni sevishni o‘rgatganini tinglashni yaxshi ko‘rardi.Bunday xotiralar orasida qadrli va yorqin hikoyalar bor. Ulardan biri Zulfiya Zokirovaning o‘g‘illari urushga ketayotganda “Frontdan qaytganida oxirigacha yeyishi uchun” deb tishlatilgan nonlar haqida – o‘sha paytlarda shunday an’ana bor edi. Urush paytida ochlik bo‘lgan va nevaralar non haqida bilib qolib, ularning hammasini kattalardan yashirincha yeb qo‘yishgan.Ko‘zda yoshsiz eslash qiyin bo‘lgan juda g‘amgin hikoyalar ham bo‘lgan, masalan, Zulfiya aya har kecha o‘g‘illarini eslab yig‘lagan.Farhod Maxamadjonovning ishonchi komilki, hatto uyi hovlisidagi yo‘laklarda ham Zulfiya ayaning xotirasi saqlanib qolgan.Sevimli Zulfiya aya haqidagi qadrli va nurli xotiralar — Sputnik O‘zbekiston videosida.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/09/49268353_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_f3ac514a729b97828593c4bac534bce6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
g‘alaba zulfiya zokirova
G‘alaba qadri: Zulfiya Zokirova avlodlar xotirasida
Eksklyuziv
Zulfiya Zokirova Ikkinchi jahon urushi yillarida 5 nafar o‘g‘lidan ayrilgan, kelinlari beva qolgan, ularning farzandlari esa yetim bo‘lgan.
Sevimli Zulfiya aya haqidagi xotiralarni nevaralari hamda chevaralari juda qadrlashadi va ular bu xotiralarni
Sputnik O‘zbekiston bilan o‘rtoqlashdilar.
Bugun Zulfiya Zokirova va uning oilasiga bag‘ishlangan “Matonat madhiyasi” tarixiy yodgorligi Toshkentdagi “G‘alaba” bog‘ini bezab turibdi. U haqda kitob yozilgan va film suratga olingan, “Shon-shuhrat muzeyi”da unga va uning o‘g‘illariga bag‘ishlangan burchak tashkil etilgan, poytaxtdagi yodgorlikka o‘xshash haykallar O‘zbekiston viloyatlarida ham o‘rnatilgan. Uning avlodlarining bu xotira bardavom bo‘lishiga, uning hayot yo‘li barcha uchun jasorat namunasi bo‘lib xizmat qilishiga ishonchi komil.
Mag‘mura Fayziyeva — Zulfiya Zokirovaning nevarasi. Bugun u oila vakillari orasida buvisini hayotligida ko‘rgan yagona shaxs. Uning xotiralari, ayniqsa, qimmatli, chunki har safar katta dasturxon atrofida yig‘ilishganda, Mag‘mura Ortiqovnani tinglab, Zulfiya Zokirovaning hayoti haqida barcha tafsilotlarni eslab qolishga harakat qilishadi.
“Buvim har doim rost gapirishga o‘rgatgan. U juda mehribon va qahramon ayol edi. Har bahor bayram bo‘lganda buvim yasanib olardi va “Hozir bolalarim keladi”, deb aytardi. Keyin kelishlarini poylab o‘tirardi. Buvim bolalarini o‘lgan deb o‘ylamagan”, - deb eslaydi u.
Farhod Mahamadjonov — Zulfiya Zokirovaning chevarasi. Bolaligidan u oilaviy xotiralardan hikoyalar tinglashni yaxshi ko‘rgan, ayniqsa, buvisi Hidoyat va otasi Turg‘unning urush yillari, Zulfiya ayaning mahalladagi qo‘shnilarini mehmon qilib, sut va oziq-ovqatni baham ko‘rishi, erkaklarcha beliga ro‘mol bog‘lab, hech qanday og‘ir ishdan qo‘rqmagani haqidagi hikoyalarini tinglashni yaxshi ko‘rardi. U nima bo‘lishiga qaramay, kechirimli bo‘lish va hayotni sevishni o‘rgatganini tinglashni yaxshi ko‘rardi.
Bunday xotiralar orasida qadrli va yorqin hikoyalar bor. Ulardan biri Zulfiya Zokirovaning o‘g‘illari urushga ketayotganda “Frontdan qaytganida oxirigacha yeyishi uchun” deb tishlatilgan nonlar haqida – o‘sha paytlarda shunday an’ana bor edi. Urush paytida ochlik bo‘lgan va nevaralar non haqida bilib qolib, ularning hammasini kattalardan yashirincha yeb qo‘yishgan.
Ko‘zda yoshsiz eslash qiyin bo‘lgan juda g‘amgin hikoyalar ham bo‘lgan, masalan, Zulfiya aya har kecha o‘g‘illarini eslab yig‘lagan.
Farhod Maxamadjonovning ishonchi komilki, hatto uyi hovlisidagi yo‘laklarda ham Zulfiya ayaning xotirasi saqlanib qolgan.
“Ba’zida ertalab tursam, shu yo‘laklar bo‘ylab yuraman va o‘ylayman: “Balki, mening oyoqlarim katta buvim yurgan joylarni bosayotgandir”. Otam ham har kuni ertalab shunday yurardi. Men hali yosh edim, nega doim bunday yurayotganini tushunmasdim. Bu uning xotirasi ekani ma’lum bo‘ldi. Shuning uchun men yo‘lakchalarni shu turishicha qoldirganman, tegmaganman va kenja o‘g‘limga ham ularni xotira sifatida saqlashni vasiyat qilganman”, - deydi u.
Sevimli Zulfiya aya haqidagi qadrli va nurli xotiralar — Sputnik O‘zbekiston videosida.