Afg‘onistonni Markaziy Osiyo xavfsizlik tizimiga kiritish zarur — BMT

© Sputnik / Tabildi KadirbekovFlagi stran-uchastnis ShOS
Flagi stran-uchastnis ShOS  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2025
Obuna bo‘lish
Roza Otunbayeva: xavfsizlik masalasini hal qilmasdan turib, hech qanday investitsiya, hech qanday loyiha barpo bo‘lmaydi.
TOShKENT, 20-may — Sputnik. Mintaqadagi xavfsizlik muammolarini hal qilish uchun Afg‘onistonni Markaziy Osiyo davlatlarining kollektiv xavfsizlik tizimiga kiritish kerak. Bu haqda BMTning Afg‘onistonga ko‘mak missiyasi rahbari Roza Otunbayeva ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Termizda "Tinchlik, do‘stlik va farovonlikning umumiy makonini barpo etish" mavzusida Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha Termiz muloqotining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
"Xavfsizlik muammosi. Bu masalani hal qilmasdan turib, hech qanday investitsiya, hech qanday loyiha barpo bo‘lmaydi. Afg‘oniston mintaqa davlatlarining kollektiv xavfsizlik tizimiga kiritilishi mumkin," — dedi Otunbayeva tadbirda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari qo‘shni davlatlardagi hamkasblari bilan muntazam uchrashmaguncha mintaqada xavfsizlik masalalari hal etilmaydi.
"Mana, biz u ham, bu ham aksilterror guruhi haqida gapirapmiz. Lekin ular bir-birlarini hech qachon ko‘rishmagan. Ular haligacha uchrashmayapti," — deya qo‘shimcha qildi Otunbayeva.
Jeleznaya doroga. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2025
Transafg‘on temir yo‘li Markaziy va Janubiy Osiyo uchun drayver bo‘ladi — TIV
Yangiliklar lentasi
0