https://oz.sputniknews.uz/20250519/rossiya-qr-kod-49432350.html
Endi chet el fuqarolaridan Rossiyaga kirishda QR-kod talab etiladi — yangi qoidalar
Endi chet el fuqarolaridan Rossiyaga kirishda QR-kod talab etiladi — yangi qoidalar
Sputnik O‘zbekiston
"Gosuslugi RuID" mobil ilovasi orqali olinadigan QR-kod Rossiya hududiga kirishda majburiy bo‘ladi. Raqamli kodni rasmiylashtirish uchun ilovada shaxsiy kabinet yaratish, fotosurat va shaxsiy ma’lumotlarni yuklash, shuningdek, mamlakatda bo‘lishning taxminiy sanalarini ko‘rsatish kerak. Ariza safardan kamida 72 soat oldin berilishi lozim.
2025-05-19T17:12+0500
2025-05-19T17:12+0500
2025-05-19T17:12+0500
migratsiya
migrantlar
rossiya
viza
xorijga chiqish vizasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/07/32082322_0:77:3133:1839_1920x0_80_0_0_bf4df2de1cc4fea81af8da6a21142f25.jpg
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi hududiga 30-iyundan boshlab vizasiz rejimda kelgan chet el fuqarolari uch kun ichida "Gosuslugi RuID" mobil ilovasi orqali raqamli ro‘yxatdan o‘tishlari shart bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi xabar berdi. Yangi qoidalarga ko‘ra, chegarani kesib o‘tishdan oldin elektron ariza topshirish va maxsus QR-kod olish kerak: u Rossiya hududiga kirishda majburiy bo‘ladi. Raqamli kodni rasmiylashtirish uchun ilovada shaxsiy kabinet yaratish, fotosurat va shaxsiy ma’lumotlarni yuklash, shuningdek, mamlakatda bo‘lishning taxminiy sanalarini ko‘rsatish kerak. Ariza safardan kamida 72 soat oldin berilishi lozim.Belarus fuqarolari, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, shuningdek, Rossiyaga viza, vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma yoki yashash guvohnomasi bilan kelayotgan shaxslar ro‘yxatdan o‘tishdan ozod qilinadi. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga QR-kod kerak emas. 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ariza ota-onalar yoki vasiylar tomonidan beriladi - agar ularda kirish uchun amaldagi ruxsatnoma mavjud bo‘lsa. Favqulodda vaziyatlarda, masalan, yaqin qarindoshining kasalligi yoki vafoti sababli, ariza kelishdan 4 soat oldin berilishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20250407/xorijliklar-raqamli-profili-48767652.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/07/32082322_80:0:2555:1856_1920x0_80_0_0_c3758c12b0da42a6ddc3c7db67b6c097.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
gosuslugi ruid mobil ilovasi qr-kod rossiyaga kirish 30-iyun ma’lumot
gosuslugi ruid mobil ilovasi qr-kod rossiyaga kirish 30-iyun ma’lumot
Endi chet el fuqarolaridan Rossiyaga kirishda QR-kod talab etiladi — yangi qoidalar
"Gosuslugi RuID" mobil ilovasi orqali olinadigan QR-kod Rossiya hududiga kirishda majburiy bo‘ladi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi hududiga 30-iyundan boshlab vizasiz rejimda kelgan chet el fuqarolari uch kun ichida "Gosuslugi RuID" mobil ilovasi orqali raqamli ro‘yxatdan o‘tishlari shart bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi
xabar berdi. Yangi qoidalarga ko‘ra, chegarani kesib o‘tishdan oldin elektron ariza topshirish va maxsus QR-kod olish kerak: u Rossiya hududiga kirishda majburiy bo‘ladi.
Raqamli kodni rasmiylashtirish uchun ilovada shaxsiy kabinet yaratish, fotosurat va shaxsiy ma’lumotlarni yuklash, shuningdek, mamlakatda bo‘lishning taxminiy sanalarini ko‘rsatish kerak. Ariza safardan kamida 72 soat oldin berilishi lozim.
Belarus fuqarolari, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, shuningdek, Rossiyaga viza, vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma yoki yashash guvohnomasi bilan kelayotgan shaxslar ro‘yxatdan o‘tishdan ozod qilinadi. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga QR-kod kerak emas. 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ariza ota-onalar yoki vasiylar tomonidan beriladi - agar ularda kirish uchun amaldagi ruxsatnoma mavjud bo‘lsa.
Favqulodda vaziyatlarda, masalan, yaqin qarindoshining kasalligi yoki vafoti sababli, ariza kelishdan 4 soat oldin berilishi mumkin.