Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Rossiyaga kelayotgan xorijliklar raqamli profili qanday bo‘ladi – YeIK vakili tushuntirish berdi

© RIA Novosti / Vladimir Pesnya Chelovek s telefonom v rukax. Arxivnoe foto
Chelovek s telefonom v rukax. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2025
Obuna bo‘lish
30 iyundan xorijliklar Rossiyaga kelishdan oldin onlayn ariza beradi.
TOShKENT, 7 apr – Sputnik. Rossiya kelayotgan xorijliklar shaxsiy ma’lumotlarini ham oldindan – kelishdan 72 soat oldin, ham bevosita kirish chog‘ida to‘ldirishi mumkin. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining (YeIK) Mehnat migratsiyasi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish departamenti boshlig‘i Altinay Omurbekova ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, raqamli profil xorijlik fuqaroning arizasi asosida shakllantiriladi, unda shaxsiy ma’lumotlar (ism-sharif, tug‘ilgan sana, fuqarolik), kelish maqsadi va mamlakatda bo‘lishga ruxsat beruvchi hujjat ko‘rsatiladi. Unga biometrik ma’lumotlar ham ilova qilinadi – chegarani kesib o‘tishda topshirilgan barmoq izlari va surat.
Agar fuqaroning Rossiya ma’lumotlar bazasida ma’lumotlari bo‘lsa, hujjatlarni rasmiylashtirish soddalashtirilgan tarzda bo‘ladi.
Omurbekova raqamli profilning asosiy afzalliklarini sanab o‘tdi: birinchidan, u migratsiya organlarida migratsiya ro‘yxatidan o‘tishni tezlashtirish imkonini beradi, chunki ma’lumotlarning bir qismi allachaqon tizimda bor. Ikkinchidan, migrantning davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengayadi – hujjatlarni onlayn rasmiylashtirish mumkin. Qolaversa, xorijlikning o‘zi migratsiya maqomini kuzatib borishi va kerakli hujjatlarini uzaytirib olishi mumkin.
YeIK vakili boshida texnik uzilishlar bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirmoqda, chunki tizim joriy qilish bosqichida.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 1-dekabrdan Rossiyaning Sheremetyevo, Vnukovo, Domodedovo va Jukovskiy aeroportlarida hamda Orenburg viloyatidagi nazorat-o‘tkazish punktida xorijliklarning biometrik ma’lumotlarini olish boshlangan. 30-iyundan ikkinchi bosqich boshlanadi, ya’ni Rossiyaning barcha aeroport va chegara postlarida biometrik ma’lumot topshirish majburiy bo‘ladi.
Chelovek s telefonom v rukax. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2025
O‘zbekiston va YeOII
Endi “YeOIIda ishlash” ilovasi O‘zbekistonda ham o‘z xizmatlarini taklif etadi
Yangiliklar lentasi
0