O‘zbekiston qurilish materiallari eksporti hajmini 1,2 mlrd dollarga yetkazmoqchi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishProizvodstvo gipsokartona
Proizvodstvo gipsokartona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2025
Obuna bo‘lish
Prezidentga qurilish materiallari tarmog‘idagi rejalar taqdimot qilindi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. “Shaffof qurilish” platformasida qurilish materiallari korxonalari reyestri tashkil etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi qurilish materiallari sanoatidagi ishlar va asosiy vazifalarga oid taqdimotda ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Bu yil birinchi chorakda quyidagilar amalga oshirildi:
ishlab chiqarish 8 foizga, eksport esa 11 foizga o‘sdi;
investitsiya dasturi doirasida 500 million dollarlik 9 ta yirik loyiha ishga tushdi;
Dushanbe, Kobul va Filadelfiya shaharlarida O‘zbekiston savdo uyi tashkil etildi.
“Yil yakunigacha 2,4 milliard dollarlik 312 ta loyihani bajarib, 16 ming yuqori daromadli ish o‘rni yaratish, ishlab chiqarish miqdorini 53 trillion so‘mga, eksportni 1,2 milliard dollarga yetkazish mo‘ljallangan”, — deyiladi xabarda.
Davlat rahbari sohada sifat, tannarx va qurilish madaniyati eng dolzarb masala ekanini qayd etdi.
Aytilishicha, ariq va kanal yuzalari uchun o‘ramli beton qoplamasi tayyorlash texnologiyasi bo‘yicha ish boshlangan. Natijada betonlashga ketadigan vaqt va xarajat 10 foizga, suv sarfi 3-5 foizga kamayishi hisob-kitob qilingan.
Prezident geologiya va ilmga katta e’tibor qaratib, ichki va tashqi bozorlar uchun yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar yetkazib berish zarurligini ta’kidladi. Energiya va resurs sarfi yuqori yo‘nalishlarni tahlil qilib, tejamkor innovatsion yechimlarni qo‘llash muhimligi qayd etildi.
O‘tgan yili tarmoqdagi yirik korxonalar energiya auditidan o‘tkazilganda 300 million kilovatt soat iqtisod qilish imkoniyati aniqlangan. Bunday korxonalarda texnologiyani yangilash hamda ish tartibini oqilona tashkil etish orqali xarajatlarni kamaytirish mumkinligi aytildi.
“Shaffof qurilish” platformasida qurilish materiallari korxonalari reyestrini tashkil qilib, u orqali sifat nazoratini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
V stolitse Afganistana otkroyetsya torgoviy dom uzbekskix stroymaterialov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2025
Afg‘onistonda O‘zbekiston qurilish materiallari uchun savdo uyi ochiladi
Yangiliklar lentasi
0