Afg‘onistonda O‘zbekiston qurilish materiallari uchun savdo uyi ochiladi

© Torgovo-promishlennaya palata UzbekistanaV stolitse Afganistana otkroyetsya torgoviy dom uzbekskix stroymaterialov
V stolitse Afganistana otkroyetsya torgoviy dom uzbekskix stroymaterialov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2025
Obuna bo‘lish
Savdo-sanoat palatasi: tadbirkorlar mahalliy kompaniyalar bilan bevosita muzokaralar olib borishlari mumkin.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Afg‘oniston poytaxtida O‘zbekiston qurilish materiallari uchun savdo uyi ochiladi, deya xabar berdi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.
“Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida O‘zbekiston qurilish materiallari uchun savdo uyi ochiladi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ushbu savdo uyida 570 kv.m maydonda joylashgan shourum hamda 500 kv.m maydonda mahsulotlarni saqlash uchun omborxonadan tashkil topgan.
“Tadbirkorlar o‘z mahsulotlarini qulay shartlar asosida joylashtirish imkoniga ega bo‘lib, mahalliy kompaniyalar bilan bevosita muzokaralar olib borishlari mumkin”, — deya qayd etilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida 220 kv.m maydonda O‘zbekiston savdo uyi ochilgan. Unda farmatsevtika va elektrotexnika uchun doimiy faoliyat yurituvchi shourum va omborxona faoliyat ko‘rsatadi.
Laziz Kudratov provol vstrechu s ministrom torgovli Afganistana Nuruddinom Azizi
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston savdo hajmini 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi
Yangiliklar lentasi
0