So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari 24-may kuni o‘tkaziladi — vazirlik

© Sputnik/Zafar XalilovPosledniy zvonok Mirabadskiy rayon 294 shkola
Posledniy zvonok Mirabadskiy  rayon  294 shkola - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2025
Obuna bo‘lish
Maktablar jamoalari, bitiruvchilar, ota-onalardan tadbirlar jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etishlari so‘raldi.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari 24-may – shanba kuni o‘tkazilishi belgilangan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.
Boshlanayotgan haftada maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq jaranglaydi. Aytilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tadbir o‘tkazilishi taqiqlangani, cheklovlar o‘rnatilgani haqida turli noto‘g‘ri xabarlar tarqalmoqda.
“Joriy o‘quv yilining oxirgi kuni 25-may, yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari 24-may – shanba kuni o‘tkazilishi belgilangan”, — deyiladi xabarda.
Vazirlik ma’lum qilishicha, maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlarini ko‘tarinki kayfiyatda, tantanalar bilan o‘tkazish an’anasi bu yil ham davom etadi.
Faqat maktablar jamoalari, bitiruvchilar, ota-onalardan tadbirlar jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etishlari so‘ralmoqda.
Lyudi gulyayut v parke v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2025
Yozgi ta’til: talaba va o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga tayyorgarlik boshlandi
Yangiliklar lentasi
0