Yozgi ta’til: talaba va o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga tayyorgarlik boshlandi

© Sputnik / Sputnik / Baxrom XatamovLyudi gulyayut v parke v Tashkente
Lyudi gulyayut v parke v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2025
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga yoshlarni sport va madaniy tadbirlarga qamrab olish bo‘yicha topshiriq berdi.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. O‘zbekistonda 6 milliondan ziyod o‘quvchi va 1 milliondan ortiq talaba ta’tilga chiqishi kutilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, sanoqli kunlardan keyin 6 milliondan ziyod o‘quvchi va 1 milliondan ortiq talaba ta’tilga chiqishi ta’kidlandi.
“Barcha hokimlar va ta’lim sohasi rahbarlariga yozgi ta’til vaqtida barcha ta’lim muassasalarining sport maydonchasi va o‘quv xonalarida yoshlar uchun sport, fan va kasb to‘garaklarini ochish topshirildi. Masalan, o‘zlashtirish darajasi past maktablarga oqsayotgan fanlar bo‘yicha eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinib, o‘quvchilar uchun haftasiga olti soatlik o‘quv kurslari tashkil qilinadi”, — deyiladi xabarda.
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun quyidagi imkoniyatlardan foydalanish zarurligi atildi:
900 taga yaqin teatr;
madaniyat markazlari va konsert zallari;
hududlarda 1,5 mingga yaqin sport maydonchalari;
200 ta oromgoh;
2 mingdan ortiq turizm obyektlari.
Mutasaddilarga joylardagi amfiteatr va sayilgohlarda har kuni konsert va musiqa kechalari o‘tkazish, madaniyat va istirohat bog‘larida san’at ko‘rgazmalari, she’riyat kechalari va intellektual o‘yinlar tashkil etish topshirildi.
Poytaxtdagi Yangi O‘zbekiston bog‘i va parklarda har kuni ochiq osmon ostida konsertlar uyushtiriladi. Bu ishlarni sport sohasida ham tashkil qilib, 6 million yoshlarni qamrab olishga ko‘rsatma berildi.
Ta’til vaqtida quyidagilar amalga oshiriladi:
yozgi oromgohlarda yoshlar “Ibrat farzandlari”, “Qizlar akademiyasi”, “Mutolaa” loyihalari bilan qamrab olinadi;
100 ming o‘quvchi uchun maktablarda “kunduzgi oromgoh” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
“Zakovat” intellektual o‘yinining maktab ligasi tashkil etiladi;
“Raqamli avlod” loyihasi doirasida kamida 50 ming yosh o‘qitilib, hududlarda IT va kibersport turnirlari o‘tkaziladi;
“Mening mahallam – mening faxrim” loyihasi doirasida ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 100 ming yosh volontorlikka jalb qilinadi;
“Yoshlar turizmi oyligi” o‘tkazilib, 1 million yoshlar uchun muzey va tarixiy obidalarga ekskursiyalar tashkil qilinadi.
Aytilishicha, 150 tadan ortiq sun’iy, shuningdek, barcha tabiiy suv havzalaridan samarali foydalanish, bunda yoshlarning xavfsizligini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
Sotrudnik slujbi bezopasnosti dorojnogo dvijeniya na ulitse Tashkenta. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2025
Bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Yangiliklar lentasi
0