https://oz.sputniknews.uz/20250517/mirziyoev-vengriya-sloveniya-49400562.html
Mirziyoyev Vengriya va Sloveniyaga boradi
Mirziyoyev Vengriya va Sloveniyaga boradi
Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev 21-may kuni Vengriya poytaxtida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi.
2025-05-17T10:10+0500
2025-05-17T10:10+0500
2025-05-17T10:17+0500
siyosat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
vengriya
sloveniya
viktor orban
tashrif
hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/05/44689548_0:68:1280:788_1920x0_80_0_0_f7ffc2afe333c8317d38a9c084a82894.jpg
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Joriy yil 19-22 may kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniyaga rasmiy tashriflari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Mirziyoyev 21-may kuni Vengriya poytaxtida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi.O‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, farmatsevtika, sanoat, oziq-ovqat va to‘qimachilik tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish va gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250417/ozbekiston-aes-vengriya-hamkorlik-48921878.html
o‘zbekiston
vengriya
sloveniya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/07/05/44689548_70:0:1210:855_1920x0_80_0_0_89474b1c2384f3917618e0ee1ad7efaf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mirziyoyev vengriya sloveniya
mirziyoyev vengriya sloveniya
Mirziyoyev Vengriya va Sloveniyaga boradi
10:10 17.05.2025 (yangilandi: 10:17 17.05.2025) Mirziyoyev 21-may kuni Vengriya poytaxtida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Joriy yil 19-22 may kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriya va Sloveniyaga rasmiy tashriflari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi. O‘zbekiston yetakchisi Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan 19-may kuni Budapeshtga boradi. Oliy darajadagi muzokaralar, Vengriya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Kun tartibidan ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
Mirziyoyev 21-may kuni Vengriya poytaxtida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi.
Prezident 22-may kuni Lyublyana shahrida Sloveniya prezidenti Natasha Pirs Musar bilan uchrashadi, ushbu mamlakat parlamenti va hukumati rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazadi, qo‘shma ishbilarmonlik tadbirlarida ishtirok etadi.
O‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, farmatsevtika, sanoat, oziq-ovqat va to‘qimachilik tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish va gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.