Mirziyoyev Toqayevni tavallud kuni bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev posetili kovroviy kombinat "Xiva gilamlari".
Shavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev posetili kovroviy kombinat Xiva gilamlari. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2025
Obuna bo‘lish
Bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlar va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 17-may kuni Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Mirziyoyev Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, qardosh Qozog‘iston xalqining farovonligi va ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.
O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Bo‘lajak ikki tomonlama uchrashuvlar va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.
Savdo, sanoat kooperatsiyasi, samarali logistika, qishloq xo‘jaligi, turizm, ta’lim, madaniy almashinuv kabi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab olgan ikki tomonlama amaliy hamkorlikning yangi kun tartibini shakllantirish borasidagi ishlarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev proveli neformalnuyu vstrechu v gorode Almati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2025
Mirziyoyev va Toqayev Olmaotada norasmiy uchrashuv o‘tkazdi
Yangiliklar lentasi
0