Mirziyoyev va Toqayev Olmaotada norasmiy uchrashuv o‘tkazdi
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev proveli neformalnuyu vstrechu v gorode Almati

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini izchil mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bugun, 29-mart kuni Olmaota shahrida norasmiy uchrashuv o‘tkazdilar. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida O‘zbekiston-Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini izchil mustahkamlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev proveli neformalnuyu vstrechu v gorode Almati

Shavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev proveli neformalnuyu vstrechu v gorode Almati
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Suhbat avvalida davlat rahbarlari bir-birini hamda ikki qardosh xalqlarni bahor ayyomi Navro‘z va yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bilan samimiy qutladilar.
O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik yuksak darajaga ko‘tarilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Barcha darajalarda faol muloqotlar olib borilmoqda. Tovar ayirboshlash hajmi yil boshidan buyon 14 foizga oshdi, umumiy qiymati 4 milliard dollardan ziyod investitsiya loyihalari portfeli shakllantirildi, yaqin hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuv rivojlanmoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev proveli neformalnuyu vstrechu v gorode Almati

Shavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev proveli neformalnuyu vstrechu v gorode Almati
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Davlat rahbarlari O‘zbekiston va Qozog‘iston bosh vazirlari o‘rinbosarlarining o‘zaro savdoni ko‘paytirish, mashinasozlik, elektrotexnika, neft-gaz, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor tarmoqlarda yetakchi korxonalarning kooperatsiya loyihalarini ilgari surish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlarini tingladilar.
Prezidentlar sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha uzoq muddatli dasturni shakllantirish, mintaqaviy ahamiyatga ega infratuzilmaviy loyihalarni jadallashtirish yuzasidan aniq topshiriqlar berdilar. Joriy yilda Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini ishga tushirish bo‘yicha amaliy ishlarni boshlash, qo‘shma tashqi savdo kompaniyasi faoliyatini kengaytirish muhimligi qayd etildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev proveli neformalnuyu vstrechu v gorode Almati

Shavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev proveli neformalnuyu vstrechu v gorode Almati
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Mintaqaviy kun tartibi, shu jumladan yaqin oylarda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo sammitlariga tayyorgarlik yuzasidan fikr almashildi. Bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi. Uchrashuv har doimgidek do‘stona va ishchan ruhda o‘tdi.