Sun’iy intellekt, raqamli ta’lim: O‘zbekiston va BMT qo‘shma loyihalar amalga oshiradi
11:16 16.05.2025 (yangilandi: 11:30 16.05.2025)
© Senat Oliy MajlisaPredsedatel Senata prinyala pomoshnika Generalnogo sekretarya OON po voprosam molodeji

© Senat Oliy Majlisa
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va BMT o‘rtasida barcha sohalarda o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada kengaytirishga kelishib olindi.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. Kecha, 15-may kuni, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva BMT bosh kotibining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, BMT Yoshlar burosi rahbari Felipe Paulyer bilan uchrashdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, yoshlar parlamentlari o‘rtasida xalqaro muloqotni kuchaytirish, ekologiya, sun’iy intellekt va raqamli ta’lim sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan aniq taklif va tashabbuslar bildirildi.
© Senat Oliy MajlisaPredsedatel Senata prinyala pomoshnika Generalnogo sekretarya OON po voprosam molodeji

Predsedatel Senata prinyala pomoshnika Generalnogo sekretarya OON po voprosam molodeji
© Senat Oliy Majlisa
Shuningdek, prezident tashabbusi bilan 2026-yilda Samarqand shahrida Yosh parlament a’zolarining xalqaro forumini yuqori saviyada tashkil etish borasida hamkorlik qilish hamda unda BMT Bosh kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha yordamchisini muhim tashabbuslar bilan ishtirok etishi taklif etildi.
Uchrashuvda BMT “Yoshlar – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati, uning doirasida yoshlarga oid masalalarni ilgari surishdagi ustuvorliklar muhokama qilindi.
© Senat Oliy MajlisaPredsedatel Senata prinyala pomoshnika Generalnogo sekretarya OON po voprosam molodeji

Predsedatel Senata prinyala pomoshnika Generalnogo sekretarya OON po voprosam molodeji
© Senat Oliy Majlisa
Shuningdek, O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish borasidagi asosiy yo‘nalishlar, tub islohotlar va amaliy natijalar keng yoritildi. Xususan, mamlakat aholisi tarkibida yoshlarning ulushi 55 foizdan oshganini inobatga olib, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangani ta’kidlandi.
© Senat Oliy MajlisaPredsedatel Senata prinyala pomoshnika Generalnogo sekretarya OON po voprosam molodeji

Predsedatel Senata prinyala pomoshnika Generalnogo sekretarya OON po voprosam molodeji
© Senat Oliy Majlisa
Muloqot yakunida O‘zbekiston va BMT o‘rtasida barcha sohalarda o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada kengaytirishga kelishib olindi.