1 iyundan radarlar ayrim jarimalarni yozmaydi — yangi qonun

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishVidelennaya polosa poyavilas v sentre Moskvi
Videlennaya polosa poyavilas v sentre Moskvi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2025
Obuna bo‘lish
Har qanday radarlar joylashgan hududda “Radar” yo‘l belgisining o‘rnatilishi majburiy bo‘ladi.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. O‘zbekistonda 1-iyundan radarlar ayrim jarimalarni yozmaydi. Bu haqda bugun e’lon qilingan Hukumat qarorida aytib o‘tilgan.
1 iyundan boshlab:
yo‘l chiziqlarini bosib qoidabuzarlik sodir etish holatlarini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etishga yo‘l qo‘yilmaydi;
To‘xtash chizig‘i – "stop-liniya" (5.33 yo‘l belgisi) bundan mustasno;
YPX xodimi tomonidan aniqlanganda, qoidabuzarlik o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi;
avtomobil yo‘llarida ta’mirlash yoki yo‘l chiziqlarini chizish bilan bog‘liq ishlarni soat 07.00 dan 21.00 ga qadar amalga oshirish belgilanadi.
2025 yil 1-sentabrdan
Har qanday turdagi statsionar va mobil radarlar joylashgan hududda va ungacha kamida 250 metrdan kam hamda 500 metrdan ko‘p bo‘lmagan hududda “Radar” yo‘l belgisining o‘rnatilishi majburiy bo‘ladi.
Qaror imzolangan kundan
Avtobuslar uchun mo‘ljallangan "A" harfli tasmalarda soat 23:00 dan 06:00 ga qadar boshqa transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat berildi. Ko‘rsatilgan vaqt davomida ushbu tasmalarda harakatlanishi mumkin bo‘ladi va bu qoidabuzarlik hisoblanmaydi.
To‘xtash belgisi
“To‘xtash taqiqlangan” va “To‘xtab turish taqiqlangan” yo‘l belgilarining maqsadga muvofiq o‘rnatilganligi nuqtayi nazaridan to‘liq qayta ko‘rib chiqilishi belgilandi. Zarurat bo‘lmagan joylarda o‘rnatilgan yo‘l belgilari demontaj qilinadi.
Avtomobilnoe dvijenie po ulitse Buyuk Ipak Yuli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2025
O‘zbekistonda iyundan yo‘l harakati qoidabuzarliklari jarima ballari asosida baholanadi
Yangiliklar lentasi
0