https://oz.sputniknews.uz/20250510/ozbekiston-yol-harakati-qoidabuzarliklari-jarima-ballari-49296951.html
O‘zbekistonda iyundan yo‘l harakati qoidabuzarliklari jarima ballari asosida baholanadi
O‘zbekistonda iyundan yo‘l harakati qoidabuzarliklari jarima ballari asosida baholanadi
Sputnik O‘zbekiston
Joriy yil 1-iyundan O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidabuzarliklari jarima ballari asosida baholanadi
2025-05-10T13:45+0500
2025-05-10T13:45+0500
2025-05-10T14:18+0500
jamiyat
o‘zbekiston
yo‘l harakati qoidalari (yhq)
jarima
transport
qaror
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/0d/47523493_0:113:2156:1325_1920x0_80_0_0_d42b1408eb8c31525813a706df4c9fbc.jpg
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Joriy yil 1-iyundan O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidabuzarliklari jarima ballari asosida baholanadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar berdi.Hukumat qarori bilan “Yo‘l harakati qoidabuzarliklarni jarima ballari asosida baholash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.Jarima ballari faqat Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar bo‘yicha qabul qilingan qarorlar asosida hisoblanadi.Nizomga ko‘ra, jarima ballari haydovchilar qoidabuzarliklarni birinchi marta sodir etgan kundan boshlab, keyingi yil shu kunga qadar amalda hisoblanadi.Jarima ballarini hisoblash davrida jarima ballari o‘n ikki ballga yetmasa, to‘plangan ballar keyingi jarima ballarini hisoblash davri uchun hisoblanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.Jarima ballarini hisoblash tartibi:Mazkur qaror 2025-yil 1-iyundan kuchga kiradi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/0d/47523493_119:0:2035:1437_1920x0_80_0_0_bb130a522b34d0bb603516164217cbf3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston yo‘l harakati qoidabuzarliklari jarima ballari
o‘zbekiston yo‘l harakati qoidabuzarliklari jarima ballari
O‘zbekistonda iyundan yo‘l harakati qoidabuzarliklari jarima ballari asosida baholanadi
13:45 10.05.2025 (yangilandi: 14:18 10.05.2025) Jarima ballari haydovchilar qoidabuzarliklarni birinchi marta sodir etgan kundan boshlab, keyingi yil shu kunga qadar amalda hisoblanadi.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. Joriy yil 1-iyundan O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidabuzarliklari jarima ballari asosida baholanadi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali
xabar berdi. Hukumat qarori bilan “Yo‘l harakati qoidabuzarliklarni jarima ballari asosida baholash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom transport vositasini boshqarish jarayonida yo‘l harakati qoidabuzarliklarni sodir etish holatlarini jarima ballari asosida baholash, jarima ballarini hisoblash, hisoblangan jarima ballari bo‘yicha murojaat qilish va ularni ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.
Jarima ballari faqat Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar bo‘yicha qabul qilingan qarorlar asosida hisoblanadi.
Nizomga ko‘ra, jarima ballari haydovchilar qoidabuzarliklarni birinchi marta sodir etgan kundan boshlab, keyingi yil shu kunga qadar amalda hisoblanadi.
Jarima ballarini hisoblash davrida jarima ballari o‘n ikki ballga yetmasa, to‘plangan ballar keyingi jarima ballarini hisoblash davri uchun hisoblanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jarima ballarini hisoblash tartibi:
jarima ballari tizimi "E-jarimaball" moduli orqali inson omilisiz avtomatlashtirilgan tartibda hisoblanadi;
haydovchilar o‘zining jarima ballari haqidagi ma’lumotlarni istalgan paytda "E-jarimaball" tizimi orqali olishlari mumkin;
haydovchilar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar sakkiz ballga teng bo‘lganda "SMS" xabar yuborish yo‘li bilan ogohlantiriladi;
sud tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan deb topilsa, jarima ballari huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Mazkur qaror 2025-yil 1-iyundan kuchga kiradi.