Bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

© Sputnik / Abdubakir YunusovSotrudnik slujbi bezopasnosti dorojnogo dvijeniya na ulitse Tashkenta.
Sotrudnik slujbi bezopasnosti dorojnogo dvijeniya na ulitse Tashkenta. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2025
Obuna bo‘lish
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi butun tizimi bilan “favqulodda to‘qson kunlik” tartibida ishlashga o‘tadi.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. O‘zbekistonda bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tayotgan maktab ta’limi yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Yig‘ilish avvalida davlat rahbari O‘zbekiston xalqini 15-may – Xalqaro oila kuni bilan tabrikladi.

“Oila – jamiyat tayanchi, ma’naviyat beshigi va avlodlar o‘rtasidagi uzviylik ramzi. Xalqimiz azal-azaldan oilaga muqaddas qadriyat, barqarorlikning mustahkam asosi sifatida qarab keladi. Darhaqiqat, o‘zaro hurmat, shukronalik bor oilalarda fayz bo‘ladi. Bunday oilalar qancha ko‘p bo‘lsa, mahalla ham tinch va obod bo‘ladi. Mahallasi tinch tumanlar va shaharlarda, umuman, butun mamlakatda rivojlanish bo‘ladi. Fursatdan foydalanib, yurtimizdagi har bir oilaga tinchlik, totuvlik va faravonlik tilayman. Mehr-oqibat, sadoqat hech bir xonadonni tark etmasin!” — dedi prezident.

Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, har qanday mamlakat taraqqiyoti sog‘lom va bilimli avlodga bog‘liq.
“Shu bois, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida sog‘lom, bilimli, teran fikrli, vatanparvar yoshlarni tarbiyalash uchun barcha sharoitlarni yaratishimiz shart va zarur”, — deya qayd etdi davlat rahbari.
Aytilishicha, Namanganda o‘quvchilarga avtomobilni ijaraga berish avj olgani oqibatida, har oyda 10-15 nafar yoshlar majruh bo‘lib qolmoqda. O‘lim bilan tugayotgan holatlar ham ko‘p.
Ichki ishlar boshliqlari, viloyat, tuman prokurorlari qonun ustuvorligini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Shu munosabat bilan bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlash topshirildi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga butun tizimi bilan “favqulodda to‘qson kunlik” tartibida ishlashga o‘tish topshirildi.
“Ta’limda sifat bo‘lishi uchun eng avvalo pedagoglarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimi bunga tayyor bo‘lishi kerak”, — dedi Mirziyoyev.
Bu borada Avloniy malaka oshirish instituti transformatsiya qilinib, uning 13 ta hududiy markazi qayta tashkil etilishi belgilandi.
Ma’lum qilinishicha, yangi o‘quv yilidan maktab direktorlari, o‘rinbosarlari va bog‘cha mudiralarining ish haqi 7-10 million so‘mdan oshadi.
Yangiliklar lentasi
0