https://oz.sputniknews.uz/20250515/tursunoy-jabborova-osiyo-chempionat-bronza-49354614.html
Og‘ir atletika: Osiyo chempionatida Akbar Jo‘rayev 3 ta oltin medalini qo‘lga kiritdi
Og‘ir atletika: Osiyo chempionatida Akbar Jo‘rayev 3 ta oltin medalini qo‘lga kiritdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi. 15.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-15T12:11+0500
2025-05-15T12:11+0500
2025-05-15T13:18+0500
sport
o‘zbekiston
xitoy
og‘ir atletika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/0f/49357938_0:52:1280:772_1920x0_80_0_0_a50889a32a878c650df1637c4c274fa3.jpg
TOShKENT, 15-may — Sputnik. Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatida Akbar Jo‘rayev 3 ta oltin medalini qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.Erkaklar o‘rtasida -109 kg vazn toifasida kechgan bahslar sportchilarning benefisiga aylandi. Olimpiada chempioni va sovrindori Akbar Jo‘rayev yana bir bor yuksak mahorat ko‘rsatib, barcha yo‘nalishda eng katta ko‘rsatkichlarni qayd etdi (183, 223 va 406 kg) va 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu dasturda Jo‘rayevdan keyingi natijani ko‘rsatgan boshqa bir vakil Sharofiddin Amriddinov (181, 214 va 295 kg) esa 3 ta kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, Osiyo chempionatida ayollar o‘rtasida -87 kg vazn toifasida Tursunoy Jabborova dast ko‘tarishda 108 kg natija qayd etib, bronza medalga sazovor bo‘ldi.Jabborovaga siltab ko‘tarish va umumiy hisobda biroz omad yetishmadi, u yakunda sakkizinchi pog‘onadan joy oldi. Shuningdek, ushbu vaznda qatnashgan Nigora Suvonova oltinchi natijani qayd etdi.Ushbu natijadan keyin terma jamo hisobidagi medallar 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronzaga yetdi. Sportchilar umumjamoa hisobida uchinchi o‘ringa ko‘tarilishdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250514/ozbekiston-ogir-atletika-osiyo-chempionat-49347879.html
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/0f/49357938_91:0:1190:824_1920x0_80_0_0_4f7ba24ec4b529a5e932cd8cde7bfe82.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, o‘zbekiston, xitoy, og‘ir atletika
sport, o‘zbekiston, xitoy, og‘ir atletika
Og‘ir atletika: Osiyo chempionatida Akbar Jo‘rayev 3 ta oltin medalini qo‘lga kiritdi
12:11 15.05.2025 (yangilandi: 13:18 15.05.2025) O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionatida Akbar Jo‘rayev 3 ta oltin medalini qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi
matbuot xizmati. Erkaklar o‘rtasida -109 kg vazn toifasida kechgan bahslar sportchilarning benefisiga aylandi.
Olimpiada chempioni va sovrindori Akbar Jo‘rayev yana bir bor yuksak mahorat ko‘rsatib, barcha yo‘nalishda eng katta ko‘rsatkichlarni qayd etdi (183, 223 va 406 kg) va 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ushbu dasturda Jo‘rayevdan keyingi natijani ko‘rsatgan boshqa bir vakil Sharofiddin Amriddinov (181, 214 va 295 kg) esa 3 ta kumush medal bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Osiyo chempionatida ayollar o‘rtasida -87 kg vazn toifasida Tursunoy Jabborova dast ko‘tarishda 108 kg natija qayd etib, bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Jabborovaga siltab ko‘tarish va umumiy hisobda biroz omad yetishmadi, u yakunda sakkizinchi pog‘onadan joy oldi. Shuningdek, ushbu vaznda qatnashgan Nigora Suvonova oltinchi natijani qayd etdi.
Ushbu natijadan keyin terma jamo hisobidagi medallar 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronzaga yetdi. Sportchilar umumjamoa hisobida uchinchi o‘ringa ko‘tarilishdi.