O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Osiyo chempionatida navbatdagi medallarni qo‘lga kiritishdi

© NOKChempionat Azii po tajoloy atletike
Chempionat Azii po tajoloy atletike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2025
Obuna bo‘lish
Rigina Adashbayeva dast ko‘tarish va ikkikurashda bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Ikki nafar o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Xitoyda o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatida sovrindor bo‘ldi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Xitoyning Szanshan shahrida o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi medallariga sazovor bo‘ldi.
Unga ko‘ra, -81 kg vazn toifasida qatnashgan Rigina Adashbayeva hamda Madina Fayzullayeva o‘z nomlarini sovrindorlar qatoriga qo‘shib qo‘yishdi.
© NOKChempionat Azii po tajoloy atletike
Chempionat Azii po tajoloy atletike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2025
Chempionat Azii po tajoloy atletike
“Rigina Adashbayeva dast ko‘tarishda 104 kg natija bilan bronza, hamda ikkikurashda 224 kg jamg‘argan holda 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.
Madina Fayzullayeva esa siltab ko‘tarish mashqida 121 kg toshni bo‘ysundirgan holda kuchli uchlikdan joy oldi.
Avvalroq, -67 kg vazn toifasida ishtirok etgan Husinboy Matrasulov bronza medalini qo‘lga kiritgan edi va umumiy hisobda to‘rtinchi bo‘lib musobaqani yakunladi.
Osiyo chempionati 9-may kuni boshlangan va 15-mayga qadar davom etadi. Musobaqada qit’aning 26 davlatidan 170 nafar sportchi, jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ishtirok etmoqda.
Molodie taekvondisti Uzbekistana uspeshno startovali na ChM  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2025
O‘zbekistonlik taekvondochi BAAdagi jahon chempionatida oltin medalga ega chiqdi
Yangiliklar lentasi
0