O‘zbekistonda seysmik xavfsizlik kuchaytiriladi — tafsilotlar

© Sputnik / Baxrom XatamovSovremennie mnogoetajnie jilie doma
Sovremennie mnogoetajnie jilie doma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2025
Obuna bo‘lish
Respublikada xorijiy mutaxassislar jalb qilingan holda, binolarni o‘rganish bo‘yicha yangi amaliyot yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev seysmik xavfsizlikni kuchaytirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po usileniyu mer seysmicheskoy bezopasnosti.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po usileniyu mer seysmicheskoy bezopasnosti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po usileniyu mer seysmicheskoy bezopasnosti.
Qayd etilishicha, 2017-yildan buyon joylarda 11 ming 410 ta ko‘p qavatli uylar qurilgan. Qurilishning asoslaridan biri bo‘lgan seysmologiya sohasi ham rivojlantirilmoqda.
“Davlat loyiha institutlari mutaxassislari ishtirokida joylarda o‘rganishlar o‘tkazildi. Ushbu o‘rganish natijalari va hududlarning seysmik holati tahlili asosida bu tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, xorijiy mutaxassislar jalb qilingan holda, binolarni o‘rganish bo‘yicha yangi amaliyot yo‘lga qo‘yiladi”, — deyiladi xabarda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po usileniyu mer seysmicheskoy bezopasnosti.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po usileniyu mer seysmicheskoy bezopasnosti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.05.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey predlojeniy po usileniyu mer seysmicheskoy bezopasnosti.
Taqdimotda quyidagilar ma’lum qilindi:
zilzilaga va boshqa tabiiy ofatlarga bardoshli uylarni qurish bo‘yicha tajriba almashish kengaytiriladi;
binolar instrumental texnik tekshiruvdan o‘tkazilib, kamchiliklar bartaraf etiladi;
ushbu o‘rganishlar va xorijiy tajriba asosida, seysmik xavfni, ta’sirni va xatarni baholash yuzasidan meyoriy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Davlat rahbari qurilishda sifat va xavfsizlik birinchi o‘rinda ekanini aytdi. Bu yo‘nalishlarni ilmiy rivojlantirish, sohaga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Detektor lji ili seysmograf dlya obnarujeniya zemletraseniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2024
O‘zbekiston kuchli zilzilalarni prognoz qilishning yangi usullarini ishlab chiqadi
Yangiliklar lentasi
0