https://oz.sputniknews.uz/20250514/ozbekiston-perm-hamkorlik-49341476.html
O‘zbekiston va Perm o‘lkasi hamkorlikni kuchaytirmoqchi — tafsilotlar
O‘zbekiston va Perm o‘lkasi hamkorlikni kuchaytirmoqchi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bosh vaziri Perm o‘lkasi gubernatori Dmitriy Maxonin bilan uchrashdi. 14.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-14T10:15+0500
2025-05-14T10:15+0500
2025-05-14T10:33+0500
iqtisod
o‘zbekiston
rossiya
abdulla aripov
hamkorlik
toshkent
forum
investitsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/15/45304978_0:72:1348:830_1920x0_80_0_0_5135aa2376e339f4a8bf5d7c3c551325.jpg
TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘zbekiston va Perm o‘lkasi o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalari yanada faollashtiriladi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Qayd etilishicha, Toshkentda o‘tayotgan “O‘zbekiston neft va gazi” xalqaro forumi doirasida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya Federatsiyasi Perm o‘lkasi gubernatori Dmitriy Maxonin bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Perm o‘lkasi o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini yanada faollashtirish, xususan, yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va investitsiya tashkilotlari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish muhimligi qayd etildi. Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston neft va gazi” xalqaro forumida O‘zbekiston Perm o‘lkasi bilan sanoat sohasida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolashi ma’lum qilingan edi. Perm o‘lkasi gubernatori Dmitriy Maxoninning qayd etishicha, O‘zbekiston va Rossiya umumiy energiya bozorlarini shakllantirishni maqsad qilgan.Ma’lumot uchun, O‘zbekiston energetika haftaligi 13-15 may kunlari bo‘lib o‘tadi. U bir qator yirik tadbirlarni o‘z ichiga olgan. Ko‘rgazmada 34 ta davlat, jumladan, Rossiya va O‘zbekistondan 465 ta kompaniya ishtirok etmoqda. Rossiyadan 28 ta kompaniya, jumladan, “Rosatom”, “Gazprom”, “Severostal”, “Tatneft” va boshqalar ishtirok etmoqda. Boshqirdiston Respublikasining kollektiv stendida 6 ta kompaniya xizmatlari namoyish etilmoqda. Shuningdek, Perm o‘lkasi, Kareliya va Moskva viloyatining jamoaviy stendlari ham bor.O‘zbekistonni 27 ta ishlab chiqaruvchi va 10 ixtisoslashgan korxona ishtirokida neft-gaz kompaniyasi stendi namoyish etmoqda. Dastur ko‘rgazmalar, forumlar, panel va texnik sessiyalarni o‘z ichiga oladi. Asosiy e’tibor barqaror rivojlanish, yashil energiya va sanoatni modernizatsiya qilish masalalariga qaratilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250513/energetika-haftalik-mirzamahmudov-49334318.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/08/15/45304978_74:0:1274:900_1920x0_80_0_0_fb994da5c6692e175ed02bef76aade49.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, rossiya, abdulla aripov, hamkorlik, toshkent, forum, investitsiya
iqtisod, o‘zbekiston, rossiya, abdulla aripov, hamkorlik, toshkent, forum, investitsiya
O‘zbekiston va Perm o‘lkasi hamkorlikni kuchaytirmoqchi — tafsilotlar
10:15 14.05.2025 (yangilandi: 10:33 14.05.2025) O‘zbekiston bosh vaziri Perm o‘lkasi gubernatori Dmitriy Maxonin bilan uchrashdi.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘zbekiston va Perm o‘lkasi o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalari yanada faollashtiriladi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov o‘zining Telegram-kanalida
ma’lum qildi. Qayd etilishicha, Toshkentda o‘tayotgan “O‘zbekiston neft va gazi” xalqaro forumi doirasida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya Federatsiyasi Perm o‘lkasi gubernatori Dmitriy Maxonin bilan uchrashdi.
“Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, jumladan, sanoat kooperatsiyasi, energetika, kimyo, qishloq xo‘jaligi va ta’lim sohalarida muxim qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Perm o‘lkasi o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini yanada faollashtirish, xususan, yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar, ilmiy-tadqiqot muassasalari va investitsiya tashkilotlari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish muhimligi qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston neft va gazi” xalqaro forumida O‘zbekiston Perm o‘lkasi bilan sanoat sohasida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolashi ma’lum qilingan edi. Perm o‘lkasi gubernatori Dmitriy Maxoninning qayd etishicha, O‘zbekiston va Rossiya umumiy energiya bozorlarini shakllantirishni
maqsad qilgan.Ma’lumot uchun, O‘zbekiston energetika haftaligi 13-15 may kunlari bo‘lib o‘tadi. U bir qator yirik tadbirlarni o‘z ichiga olgan. Ko‘rgazmada 34 ta davlat, jumladan, Rossiya va O‘zbekistondan 465 ta kompaniya ishtirok etmoqda. Rossiyadan 28 ta kompaniya, jumladan, “Rosatom”, “Gazprom”, “Severostal”, “Tatneft” va boshqalar ishtirok etmoqda. Boshqirdiston Respublikasining kollektiv stendida 6 ta kompaniya xizmatlari namoyish etilmoqda. Shuningdek, Perm o‘lkasi, Kareliya va Moskva viloyatining jamoaviy stendlari ham bor.
O‘zbekistonni 27 ta ishlab chiqaruvchi va 10 ixtisoslashgan korxona ishtirokida neft-gaz kompaniyasi stendi namoyish etmoqda. Dastur ko‘rgazmalar, forumlar, panel va texnik sessiyalarni o‘z ichiga oladi. Asosiy e’tibor barqaror rivojlanish, yashil energiya va sanoatni modernizatsiya qilish masalalariga qaratilgan.