https://oz.sputniknews.uz/20250513/energetika-haftalik-mirzamahmudov-49334318.html
Energetika haftaligi 3,4 mingdan ortiq ishtirokchini birlashtirdi — Mirzamahmudov
Energetika haftaligi 3,4 mingdan ortiq ishtirokchini birlashtirdi — Mirzamahmudov
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Perm o‘lkasi bilan sanoat sohasida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolaydi. 13.05.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-05-13T12:35+0500
2025-05-13T12:35+0500
2025-05-13T13:11+0500
jamiyat
o‘zbekiston
toshkent
energetika vazirligi
energetika
neft
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/0d/49333911_0:354:2730:1890_1920x0_80_0_0_e14d7190701a8c8d0f642a7684b3aaeb.jpg
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Energetika haftaligi doirasidagi forum 32 ta davlatdan 3,4 mingdan ortiq ishtirokchini birlashtirdi. Bu haqda O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri. Bu yil Toshkentda Energetika haftaligi doirasida o‘tkazilayotgan forum 650 tadan ortiq kompaniya va brendlarni, asosiy mavzular bo‘yicha 90 nafardan ortiq ma’ruzachilarni, 32 tadan ortiq davlatdan 1100 ta delegat va 3400 nafardan ortiq ishtirokchilarni jamladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, besh yil davomida O‘zbekiston energetika sohasiga jalb qilingan xorijiy sarmoya 25 milliard dollardan oshdi. O‘rnatilgan quvvat 50 foizga oshdi va 25 gigavattga yetdi. Infratuzilmani modernizatsiya qilish davom etmoqda, uglevodorodlarni qidirishdan tortib chuqur qayta ishlashgacha bo‘lgan yangi quvvatlar ishga tushirilmoqda. Aytilishicha, O‘zbekiston Perm o‘lkasi bilan sanoat sohasida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolaydi. Hujjat O‘zbekiston energetika haftaligi doirasida imzolanadi. Perm o‘lkasi gubernatori Dmitriy Maxoninning qayd etishicha, O‘zbekiston va Rossiya umumiy energiya bozorlarini shakllantirishni maqsad qilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250513/energetika-haftalik-ozbekneftgaz-kazmunaygaz-49333169.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Elina Beknazarova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34373478_53:49:246:242_100x100_80_0_0_4661e2aa843f1829b45af36de3f2b1ba.png
Elina Beknazarova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34373478_53:49:246:242_100x100_80_0_0_4661e2aa843f1829b45af36de3f2b1ba.png
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/0d/49333911_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_8ee2538b694b05e93c05b3118b25e754.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Elina Beknazarova
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34373478_53:49:246:242_100x100_80_0_0_4661e2aa843f1829b45af36de3f2b1ba.png
jamiyat, o‘zbekiston, toshkent, energetika vazirligi, energetika, neft, rossiya
jamiyat, o‘zbekiston, toshkent, energetika vazirligi, energetika, neft, rossiya
Energetika haftaligi 3,4 mingdan ortiq ishtirokchini birlashtirdi — Mirzamahmudov
12:35 13.05.2025 (yangilandi: 13:11 13.05.2025) Eksklyuziv
O‘zbekiston Perm o‘lkasi bilan sanoat sohasida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolaydi.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Energetika haftaligi doirasidagi forum 32 ta davlatdan 3,4 mingdan ortiq ishtirokchini birlashtirdi. Bu haqda O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ma’lum qildi, deya xabar berdi
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Bu yil Toshkentda Energetika haftaligi doirasida o‘tkazilayotgan forum 650 tadan ortiq kompaniya va brendlarni, asosiy mavzular bo‘yicha 90 nafardan ortiq ma’ruzachilarni, 32 tadan ortiq davlatdan 1100 ta delegat va 3400 nafardan ortiq ishtirokchilarni jamladi.
“Bu O‘zbekistonga va mazkur tadbirga xalqaro miqyosda katta qiziqish borligini ta’kidlaydi”, — dedi Jo‘rabek Mirzamahmudov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, besh yil davomida O‘zbekiston energetika sohasiga jalb qilingan xorijiy sarmoya 25 milliard dollardan oshdi. O‘rnatilgan quvvat 50 foizga oshdi va 25 gigavattga yetdi.
Infratuzilmani modernizatsiya qilish davom etmoqda, uglevodorodlarni qidirishdan tortib chuqur qayta ishlashgacha bo‘lgan yangi quvvatlar ishga tushirilmoqda.
“Quvvati 3,5 gigavattdan ortiq bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalari ishlamoqda, 300 megavatt quvvatga ega energiyani saqlash tizimlari ilk bor ishga tushirildi. 2025-yilda yana 3,5 gigavatt qayta tiklanadigan energiya manbalari va 1,8 gigavatt saqlash omborlarini ishga tushirish rejalashtirilgan – ishlar allaqachon boshlangan”, — dedi u.
Aytilishicha, O‘zbekiston Perm o‘lkasi bilan sanoat sohasida hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolaydi. Hujjat O‘zbekiston energetika haftaligi doirasida imzolanadi.
“Men Perm o‘lkasi vakili janob Maxoninga shaxsiy ishtiroki va ishonchli hamkor sifatida qo‘llab-quvvatlagani uchun alohida minnatdorchilik bildiraman”, — dedi O‘zbekiston energetika vaziri.
Perm o‘lkasi gubernatori Dmitriy Maxoninning qayd etishicha, O‘zbekiston va Rossiya umumiy energiya bozorlarini shakllantirishni maqsad qilgan.
“Bu, birinchi navbatda, Yevroosiyo komissiyasi faoliyati doirasida sodir bo‘ladi. Shuningdek, neft va neft mahsulotlari bozorlarini shakllantirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Shartnomaviy munosabatlar doirasida gaz bozori shakllantirilib, uni 2030-yilgacha rivojlantirish rejasini shakllantirish ishlari olib borilmoqda. Xuddi shu narsa elektr energiyasi bozoriga ham tegishli”, — dedi Maxonin.