Avtomobil yo‘llariga oid qonunning yangi tahriri ishlab chiqilmoqda
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Tashkente rasshirili i rekonstruirovali kolsevuyu dorogu

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Mutasaddilar prezidentga yo‘l xo‘jaligi sohasidagi loyihalar bo‘yicha axborot berishdi.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda ishlab chiqilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tgan taqdimotda ma’lum qilindi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Taqdimotda mutasaddilar yo‘l xo‘jaligi sohasidagi loyihalar bo‘yicha axborot berishdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev 13-maya oznakomilsya s prezentatsiyey o rezultativnosti raboti i zaplanirovannix proyektax v sfere dorojnogo xozaystva.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-maya oznakomilsya s prezentatsiyey o rezultativnosti raboti i zaplanirovannix proyektax v sfere dorojnogo xozaystva.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Bu yil quyidagilarni tashkil etish reja qilingan:
7 ming kilometr umumiy foydalanishdagi yo‘l hamda 231 ta ko‘prikni qurish va ta’mirlash;
13 ming kilometr tuproq ko‘chalarga shag‘al yotqizish;
400 kilometr sement qoplamali yo‘llar qurish;
magistrallar bo‘yida 72 ta servis majmuasi tashkil etish.
Qayd etilishicha, hozirda xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda 1 ming 200 kilometr yo‘lni rekonstruksiya qilish bo‘yicha 6 ta yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Endi yana 4 ta loyiha boshlanishi ko‘zda tutilgan.
“To‘rtko‘l va Beruniy shaharlarini aylanib o‘tuvchi A-380 magistralini rekonstruksiya qilish, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 516 kilometr mahalliy yo‘llarni to‘la ta’mirlash, Termiz – Denov hamda Sirdaryo – Baxt oralig‘idagi yo‘llarni sement-beton qoplamali qilib qurish rejalashtirilgan. Bu loyihalarga Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiya banki mablag‘lari yo‘naltiriladi”, — deyiladi xabarda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev 13-maya oznakomilsya s prezentatsiyey o rezultativnosti raboti i zaplanirovannix proyektax v sfere dorojnogo xozaystva.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-maya oznakomilsya s prezentatsiyey o rezultativnosti raboti i zaplanirovannix proyektax v sfere dorojnogo xozaystva.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Davlat rahbarining qayd etishicha, eng muhim masala bu yo‘llarni sifatli saqlash. Yo‘l bo‘ylarida infratuzilmani rivojlantirib, aholiga qulayliklar yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
“Bundan qariyb 20-yil oldin qabul qilingan “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonun hozirgi zamon talablariga javob bermayapti. So‘nggi yillardagi islohotlar, bugungi dolzarb masalalar unda aks etmagan. Shu bois mazkur qonun yangi tahrirda ishlab chiqilmoqda”, — deya qayd etilgan xabarda.
Hujjatda quyidagilar nazarda tutilmoqda:
“avtomobil yo‘llarini rejalashtirish” mexanizmini joriy etib, yo‘l infratuzilmasini aholi va iqtisodiyotning o‘sib borayotgan ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirish;
yo‘llarni loyihalashtirishda aholi fikri va atrof-muhitga ta’sirini inobatga olish hamda piyodalar uchun to‘siqsiz muhitni yaratish bo‘yicha qat’iy talablar o‘rnatilmoqda;
kommunikatsiya tarmog‘ini qurishda yo‘lning avvalgi holatini tiklash xarajatlarini qoplash sharti kiritilmoqda;
pulli yo‘llarning huquqiy asoslari, ajratilgan va yo‘l bo‘yi mintaqalarida servis binolarini joylashtirishga oid talablar belgilanmoqda;
yo‘llarda katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanishi tartibga solinmoqda.