https://oz.sputniknews.uz/20250514/afgoniston-ozbekiston-imom-buxoriy-marmar-49341828.html
Afg‘oniston O‘zbekistonga Imom Buxoriy majmuasi qurilishi uchun oq marmar jo‘natdi
Afg‘oniston O‘zbekistonga Imom Buxoriy majmuasi qurilishi uchun oq marmar jo‘natdi
Sputnik O‘zbekiston
Imom Buxoriy majmuasi yangidan barpo etilmoqda. Maqbara maydoni 600 kvadrat metr, balandligi 28 metr etib kengaytirilgan. 10 ming kishiga mo‘ljallangan masjid bunyod etilgan. Majmuaning 4 burchagidagi 75 metrlik minoralar unga ulug‘vorlik bag‘ishlagan.
2025-05-14T11:26+0500
2025-05-14T11:26+0500
2025-05-14T11:26+0500
jamiyat
o‘zbekiston
afg‘oniston
imom buxoriy
surxondaryo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/0e/49341966_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_be13b5b82e4e378e3a708ae98eae8ca2.jpg
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Afg‘oniston O‘zbekistonga Samarqandda barpo etilayotgan Imom Buxoriy majmuasi qurilishi uchun 16 ta yuk mashinasida Hirot oq marmari yubordi, deya xabar berdi Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati. O‘zbekiston va Afg‘oniston vakillari Termiz xalqaro savdo markazida uchrashdi. Unda O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Afg‘oniston bosh vaziri kotibiyati rahbari Mullo Abdul Vose hamda Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo rahbarligidagi delegatsiyalar ishtirok etdi. Qayd etilishicha, Imom Termiziy, Imom Buxoriy, Jaloliddin Balxiy, Abdurahmon Jomiy kabi ulug‘ allomalarning hayoti va ilmiy merosi ikki xalq o‘rtasidagi yaqin aloqalarning yorqin ramzi hisoblanadi. Aytilishicha, bunday amaliy hamkorlik ikki birodar xalq o‘rtasidagi tarixiy yaqinlik, o‘zaro hurmat va do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Ma’lumot uchun, Imom Buxoriy majmuasi yangidan barpo etilmoqda. Maqbara maydoni 600 kvadrat metr, balandligi 28 metr etib kengaytirilgan. 10 ming kishiga mo‘ljallangan masjid bunyod etilgan. Majmuaning 4 burchagidagi 75 metrlik minoralar unga ulug‘vorlik bag‘ishlagan.
https://oz.sputniknews.uz/20250323/imom-buxoriy-ilmiy-safar-xarita-48536866.html
o‘zbekiston
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/0e/49341966_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_6b1a20cfa8d788e1bc277e1d5e5d7100.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
imom buxoriy majmuasi ma’lumot
imom buxoriy majmuasi ma’lumot
Afg‘oniston O‘zbekistonga Imom Buxoriy majmuasi qurilishi uchun oq marmar jo‘natdi
O‘zbekiston Afg‘onistondan Imom Buxoriy majmuasi qurilishi uchun oq marmar qabul qilib oldi.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Afg‘oniston O‘zbekistonga Samarqandda barpo etilayotgan Imom Buxoriy majmuasi qurilishi uchun 16 ta yuk mashinasida Hirot oq marmari yubordi, deya xabar berdi Surxondaryo viloyati hokimligi
matbuot xizmati. O‘zbekiston va Afg‘oniston vakillari Termiz xalqaro savdo markazida uchrashdi. Unda O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, Afg‘oniston bosh vaziri kotibiyati rahbari Mullo Abdul Vose hamda Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo rahbarligidagi delegatsiyalar ishtirok etdi.
Qayd etilishicha, Imom Termiziy, Imom Buxoriy, Jaloliddin Balxiy, Abdurahmon Jomiy kabi ulug‘ allomalarning hayoti va ilmiy merosi ikki xalq o‘rtasidagi yaqin aloqalarning yorqin ramzi hisoblanadi.
“Uchrashuv yakunida Afg‘oniston tomonidan Samarqand shahrida barpo etilayotgan Imom Buxoriy majmuasi qurilishi uchun yuborilgan 16 ta yuk mashinasidagi Hirot oq marmari O‘zbekiston tomonidan qabul qilib olindi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Aytilishicha, bunday amaliy hamkorlik ikki birodar xalq o‘rtasidagi tarixiy yaqinlik, o‘zaro hurmat va do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, Imom Buxoriy majmuasi yangidan barpo etilmoqda. Maqbara maydoni 600 kvadrat metr, balandligi 28 metr etib kengaytirilgan. 10 ming kishiga mo‘ljallangan masjid bunyod etilgan. Majmuaning 4 burchagidagi 75 metrlik minoralar unga ulug‘vorlik bag‘ishlagan.