https://oz.sputniknews.uz/20250323/imom-buxoriy-ilmiy-safar-xarita-48536866.html
Imom Buxoriyning ilmiy safarlari xaritasi yaratiladi
Imom Buxoriyning ilmiy safarlari xaritasi yaratiladi
Sputnik O‘zbekiston
Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus videofilm tayyorlanadi. 23.03.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-03-23T13:39+0500
2025-03-23T13:39+0500
2025-03-23T13:39+0500
jamiyat
o‘zbekiston
imom buxoriy
islom sivilizatsiyasi markazi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/08/33701219_79:0:897:460_1920x0_80_0_0_727716e7afb1d01280cc78ac59da87d9.png.webp
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. “Imom Buxoriy – buyuk muhaddis” medialoyihasini tashkil etish rejalashtirilmoqda, deya xabar berdi Islom sivilizatsiyasi markazi axborot xizmati.Qayd etilishicha, loyihaning asosiy yo‘nalishlaridan biri – Imom Buxoriyning ilmiy safarlari xaritasini yaratishdir.Bundan tashqari, Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus videofilm tayyorlanadi. Ushbu film orqali buyuk muhaddisning ilmiy yutuqlari, hadis ilmidagi o‘rni va merosi yanada yaqqol namoyon etiladi.O‘zbekiston va Malayziya Imom Buxoriy haqida film va serial suratga oladi — tafsilotlarTayyorlangan kontentlar Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasiga kiritilib, tashrif buyuruvchilar uchun namoyish etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250303/leonardo-da-vinchi-ixtiro-ozbek-olimlar-48204093.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/08/33701219_181:0:794:460_1920x0_80_0_0_7e01c994c213d16d62872639d319347f.png.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, imom buxoriy, islom sivilizatsiyasi markazi
jamiyat, o‘zbekiston, imom buxoriy, islom sivilizatsiyasi markazi
Imom Buxoriyning ilmiy safarlari xaritasi yaratiladi
Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus videofilm tayyorlanadi.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. “Imom Buxoriy – buyuk muhaddis” medialoyihasini tashkil etish rejalashtirilmoqda, deya xabar berdi Islom sivilizatsiyasi markazi axborot xizmati.
“O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida buyuk muhaddis Imom Buxoriyning ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida “Imom Buxoriy – buyuk muhaddis” nomli medialoyiha tashkil etish rejalashtirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida allomaning hadis ilmi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi hamda uning ilmiy safarlari haqida keng qamrovli ma’lumot beriladi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, loyihaning asosiy yo‘nalishlaridan biri – Imom Buxoriyning ilmiy safarlari xaritasini yaratishdir.
“Bu xarita orqali uning butun hayoti davomida ilm izlab qilgan safarlari geografik jihatdan aks ettiriladi, shuningdek, ustozi va shogirdlari bilan bog‘liq joylar ham tizimli ravishda o‘rganiladi”, — deya aniqlik kiritilgan xabarda.
Bundan tashqari, Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus videofilm tayyorlanadi. Ushbu film orqali buyuk muhaddisning ilmiy yutuqlari, hadis ilmidagi o‘rni va merosi yanada yaqqol namoyon etiladi.
Tayyorlangan kontentlar Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasiga kiritilib, tashrif buyuruvchilar uchun namoyish etiladi.
“Imom Buxoriy – buyuk muhaddis medialoyihasi buyuk alloma merosini chuqurroq o‘rganish va uni keng ommaga yetkazish yo‘lida muhim qadam bo‘lib, hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan olimning boy ilmiy faoliyatini yoritishga xizmat qiladi”, — deyilgan xabarda.