https://oz.sputniknews.uz/20250513/ozbekiston-afgoniston-savdo-uy-49330717.html
O‘zbekiston Afg‘onistonda savdo uyi ochdi
O‘zbekiston Afg‘onistonda savdo uyi ochdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistonning Kobul va Mozori Sharif shaharlarida bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida “Made in Uzbekistan” savdo uyining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.
2025-05-13T11:17+0500
2025-05-13T11:17+0500
2025-05-13T11:17+0500
iqtisod
o‘zbekiston
afg‘oniston
savdo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/0d/49330359_0:54:1024:630_1920x0_80_0_0_9c850a4e9a9d26a0a2bdf4953159af9c.jpg
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Afg‘onistonda “Made in Uzbekistan” savdo uyi ochildi, deya xabar berdi O‘zA. Aytilishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistonning Kobul va Mozori Sharif shaharlarida bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida “Made in Uzbekistan” savdo uyining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur savdo uyining ochilishi tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlab, savdoni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Savdo uyida elektrotexnika mahsulotlari va yangi texnologiyalar muntazam ravishda namoyish etiladi. Mahalliy xaridorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoni yaratiladi. Shuningdek, tashrif doirasida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi vakillari elektrotexnika sanoati sohasida faol muzokaralar olib bordi. Uyushma axborot xizmatining ma’lum qilishicha, yangi savdo imkoniyatlari O‘zbekiston mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish, ularni mahalliy bozor ehtiyojlariga moslashtirish va ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash imkoniyatlarini yaratadi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston poytaxtida O‘zbekiston qurilish materiallari uchun savdo uyi ochilishi ma’lum qilingan edi. Ushbu savdo uyida 570 kv.m maydonda joylashgan shourum hamda 500 kv.m maydonda mahsulotlarni saqlash uchun omborxonadan tashkil topgan.Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida ham O‘zbekiston savdo uyi ochilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250501/ozbekiston-afgoniston-hamkorlik-49116146.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/0d/49330359_57:0:968:683_1920x0_80_0_0_559b5361d52f88cdffb99d233d3d6ebe.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘oniston made in uzbekistan savdo uyi kobul
afg‘oniston made in uzbekistan savdo uyi kobul
O‘zbekiston Afg‘onistonda savdo uyi ochdi
Savdo uyida mahalliy xaridorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoni yaratiladi.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Afg‘onistonda “Made in Uzbekistan” savdo uyi ochildi, deya xabar berdi
O‘zA. Aytilishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistonning Kobul va Mozori Sharif shaharlarida bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida “Made in Uzbekistan” savdo uyining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, mazkur savdo uyining ochilishi tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlab, savdoni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Savdo uyida elektrotexnika mahsulotlari va yangi texnologiyalar muntazam ravishda namoyish etiladi. Mahalliy xaridorlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoni yaratiladi.
Shuningdek, tashrif doirasida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi vakillari elektrotexnika sanoati sohasida faol muzokaralar olib bordi.
“Uchrashuvlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri savdo bitimlari tuzish, hamkorlikni mustahkamlash va uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Afg‘oniston bozorining ehtiyojlari chuqur tahlil qilinishiga alohida e’tibor qaratildi”, — deyiladi xabarda.
Uyushma axborot xizmatining ma’lum qilishicha, yangi savdo imkoniyatlari O‘zbekiston mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish, ularni mahalliy bozor ehtiyojlariga moslashtirish va ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash imkoniyatlarini yaratadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston poytaxtida O‘zbekiston qurilish materiallari uchun savdo uyi ochilishi ma’lum qilingan edi. Ushbu savdo uyida 570 kv.m maydonda joylashgan shourum hamda 500 kv.m maydonda mahsulotlarni saqlash uchun omborxonadan
tashkil topgan.Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida ham O‘zbekiston savdo uyi ochilgan.