O‘zbekiston va Eron hamkorlikning yangi o‘sish nuqtalarini belgilab oldi

© Kabinet Ministrov Respubliki UzbekistanUzbekistan i Iran podpisali dorojnuyu kartu po razvitiyu sotrudnichestva na 2025-2027 godi
Uzbekistan i Iran podpisali dorojnuyu kartu po razvitiyu sotrudnichestva na 2025-2027 godi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2025
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston eronlik ishbilarmonlarni Xorazm va Samarqanddagi sanoat zonalari imkoniyatlardan foydalanishga taklif etdi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekiston va Eron hamkorlikning yangi o‘sish nuqtalarini belgilab oldi. Bu haqda O‘zbekiston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Eronda bo‘lib turibdi. Tashrif davomida Tehronda bosh vazir hamda mezbon mamlakat birinchi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Oref boshchiligida hukumatlar delegatsiyalarining uchrashuvi o‘tkazildi.
Aytilishicha, ushbu uchrashuv hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab olish uchun qulay imkoniyat. Tomonlar ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga chiqarish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
© Kabinet Ministrov Respubliki UzbekistanUzbekistan i Iran podpisali dorojnuyu kartu po razvitiyu sotrudnichestva na 2025-2027 godi
Uzbekistan i Iran podpisali dorojnuyu kartu po razvitiyu sotrudnichestva na 2025-2027 godi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2025
Uzbekistan i Iran podpisali dorojnuyu kartu po razvitiyu sotrudnichestva na 2025-2027 godi
Uchrashuvda quyidagi hujjatlar imzolandi:
2025-2027 yillarga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi";
Imtiyozli savdo bitimining tovarlar ro‘yxatini tasdiqlash bayonnomasi;
O‘simliklar himoyasi va karantini sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi;
Halol standart sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi.
Shuningdek, Tehronda O‘zbekiston - Eron biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlanishicha, o‘zaro savdoda barqarorlik kuzatilmoqda. Xususan, tovar ayirboshlash hajmi 500 million dollarga yetdi, qo‘shma korxonalar soni 210 tadan oshdi.
© Kabinet Ministrov Respubliki UzbekistanUzbekistan i Iran podpisali dorojnuyu kartu po razvitiyu sotrudnichestva na 2025-2027 godi
Uzbekistan i Iran podpisali dorojnuyu kartu po razvitiyu sotrudnichestva na 2025-2027 godi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2025
Uzbekistan i Iran podpisali dorojnuyu kartu po razvitiyu sotrudnichestva na 2025-2027 godi
“Mavjud zaxiralar chuqur tahlil qilinib, yangi o‘sish nuqtalari belgilandi, umuman olganda, 1 milliard dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlari shakllantirildi”, — deya qayd etilgan xabarda.
Tadbirda eronlik ishbilarmonlar Xorazm va Samarqand viloyatlaridagi sanoat zonalari imkoniyatlardan keng foydalanishga taklif etildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston - Eron biznes forumida qatnashish uchun O‘zbekistondan 100 nafardan ziyod tadbirkorlar, vazirlik va idoralar vakillari o‘zlarining turli yo‘nalishdagi ilg‘or taklif va tashabbuslari bilan qatnashib, B2B shaklda muzokaralar olib bordi.
Povsednevnaya jizn v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2025
O‘zbekistonning pista bog‘larini yangilashga eronlik mutaxassislar jalb etiladi
Yangiliklar lentasi
0