O‘zbekistonning pista bog‘larini yangilashga eronlik mutaxassislar jalb etiladi

© Sputnik / Aktan TemirkanovPovsednevnaya jizn v Samarkande.
Povsednevnaya jizn v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.05.2025
Obuna bo‘lish
Kartoshkachilik sohasida Eronning ilg‘or tajribasi O‘zbekistonga transfer qilinishi kutilmoqda.
TOShKENT, 11-may — Sputnik. O‘zbekistonning 50–100 yillik pista bog‘larini yangilashda eronlik mutaxassislarni jalb etiladi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Tehronda savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 16-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda 2024-yilda o‘zaro mahsulot ayirboshlash hajmi 2023-yilga nisbatan 43 foizga oshgani qayd etildi.
Ikki mamlakat o‘rtasida Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha hamkorlik qo‘mitasining alohida majlisini o‘tkazish tashabbusi ilgari surildi. Bu tashabbus dolzarb muammolarni tezkor hal qilish, shuningdek, istiqboldagi yirik tashabbuslarni uyg‘un muvofiqlashtirish uchun yangi platforma yaratadi.
Aytilishicha, Eron xususiy sektori ishtirokida O‘zbekistonda qator istiqbolli loyihalar bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
“Qishloq xo‘jaligi texnikasini O‘zbekistonda ishlab chiqarish, “Nutritech” brendi ostida 40 turdagi agrobiotexnologik vositalar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, Eron mahsulotlari uchun ko‘rgazma va savdo maydonini tashkil etish, dron texnologiyasi asosida agroxizmatlar markazini yaratish, shu jumladan pilotlar va dispetcherlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi”, — deyiladi xabarda.
Quyidagi masalalar ham kun tartibidan o‘rin oldi:
O‘zbekistonning 50-100 yillik pista bog‘larini yangilashda eronlik mutaxassislarni jalb etish;
Toshkent davlat agrar universiteti hamda Eronning Ozod universiteti o‘rtasida qo‘shma dasturlarni yo‘lga qo‘yish;
kartoshkachilik sohasida Eronning ilg‘or tajribasini O‘zbekistonga transfer qilish.
Tomonlar bu kelishuvlar ikki davlat o‘rtasida nafaqat qishloq xo‘jaligida, balki umumiy strategik ishonchda ham yangi davrni boshlab berishiga ishonch bildirdi.
Ministr investitsiy, promishlennosti i torgovli Laziz Kudratov provel vstrechu s zamestitelem pervogo vitse-prezidenta Islamskoy Respubliki Iran po mejdunarodnim delam i regionalnomu sotrudnichestvu Ali Nadjafi Xoshrudi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2025
O‘zbekiston va Eron o‘rtasida rejalashtirilgan tadbirlar ma’lum qilindi
Yangiliklar lentasi
0